“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:51
ЎЗO‘Z

Sherali Joʻrayevdan yengil-yelpi qoʻshiq aytadigan xonandalarimiz uchun chinakam namuna

03 apr, 16:25 4 340 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherali Joʻrayevdan yengil-yelpi qoʻshiq aytadigan xonandalarimiz uchun chinakam namuna Oʻzbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Joʻrayev ”Xalq soʻzi” nashriga baxshichilik sanʼati borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Baxshichilik — juda qadimiy sanʼat turi. Dostonlarimiz hali kitob paydo boʻlmagan paytlardan beri bor. Ularda uzoq tariximiz ham, madaniyatimiz ham mujassam. Shu sababli oʻtmishimizni, azaliy qadriyatlarimizni oʻrganishda xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilamiz. Folklor sanʼatimiz orqali ajdodlarimizning donishmandligi, urf-odatlari, orzu-intilishlaridan xabardor boʻlamiz, oʻzligimizni anglaymiz. Baxshichilikning asl qadr-qimmati ham shunda! Shu sababli azal-azaldan doston aytuvchilar xalq orasida katta hurmatu eʼtiborga sazovor boʻlgan.

Yoshi ulugʻ yurtdoshlarimiz yaxshi eslashadi. Avvallari toʻylar baxshilarning ishtirokisiz oʻtmagan. Ular davra oʻrtasida “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Yunus pari”, “Avazxon”, “Kuntugʻmish” kabi dostonlarimizdan parchalar ijro etishgan. Odamlar tonggacha qimirlamay, doʻmbira sadosiga, baxshining xonishiga mahliyo boʻlgan. Dostondagi qiziqarli voqealar davomini intiqib kutgan.

Eshitishimcha, bulungʻurlik Amin baxshi “Alpomish” dostonini uch oy davomida tinglovchilarni zeriktirmay kuylagan ekan. Qarang, bir faslga teng muddat-a! Shuncha vaqt tinglovchilarni zeriktirmay, buning ustiga, oʻzi ham toliqmay kuylash, soz ijro etishning oʻzi boʻladimi?! Yana deng, hammasini yoddan aytish osonmi?! Mana, baxshilarimizning aql-zakosi qanchalik yuksak, quvvai hofizasi naqadar mustahkam!

Hozir muxlislarga yoqaman, deb, yengil-yelpi qoʻshigʻi bilan tinglovchini, tomoshabinni toʻrt-besh daqiqada zeriktirib qoʻyadigan xonandalarimiz uchun bu — chinakam namuna! Haqiqiy mahorat maktabi!

Baxshining yana bir ulugʻligi shundaki, u kuchli ijodkor. Bir dostonni kuylaganda har gal oʻzgarishlar kiritadi. Ana shular sharofati bilan yigitlarimiz Alpomishdek alp, mard, ­jasur, qizlarimiz ­Barchinoydek bir soʻzli, oriyatli, ­sadoqatli boʻlishga intilishadi. Bolalarimiz, ilm, maʼnaviyat, maʼrifatni oʻrganishadi.

Demak, hozirgi globallashuv davrida shunday durdona sanʼatimizni, noyob va goʻzal qadriyatimizni saqlab qolish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish juda dolzarb vazifa! Shu maʼnoda, Prezidentimizning bu sanʼatga eʼtibori, xalqaro festival oʻtkazish tashabbusi ayni muddao boʻldi. Bu baxshichilik sanʼatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga qaratilgan juda katta ezgu saʼy-harakatdir. Ishonamizki, nufuzli sanʼat bayrami hademay dunyoga ovoza boʻladi. Chunki unga turli davlatlardan koʻplab ishtirokchilar, mehmonlar keladi”, degan Sherali Joʻrayev.
Sherali Joʻrayev, baxshichilik, Alpomish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 69
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar