Bir hafta davomida koʻplab insonlarni xavotirga solgan jumboq bugun yechildi. Mashhur xonanda Ozoda Nursaidova video orqali muloqotga chiqib, oʻzining tuzalib qolganligini bildirdi. Shu bilan birga ashaddiy muxlislari duolar yordamida uni qoʻllab turganliklari uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi.