“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

“Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi premerasi qachon bo‘lishi belgilandi

12 dek, 00:30 6 039 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi premerasi qachon bo‘lishi belgilandi 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin – Oqqo‘rg‘on” badiiy filmining yopiq premerasi o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot kotibi Azizbek Qurbonov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov surat olgan “Berlin – Oqqo‘rg‘on” badiiy filmida o‘zbek o‘g‘lonlarining 1941 – 1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushidagi qahramonligi, shuningdek, O‘zbekiston xalqining front ortidagi matonati hamda insoniyligi aks ettirilgan. Uzoq kutilgan filmning katta ekrandagi ilk namoyishi 14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. Namoyishga asosan jurnalistlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda. Namoyishdan so‘ng filmga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda film ijodkorlari jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz javob beradi“, – dedi Azizbek Qurbonov.

Filmning suratga olish ishlari avgust oyining boshida nihoyasiga yetgan edi.

Kino ijodkorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, kartinada Ikkinchi jahon urushiga oid ko‘plab ma’lumotlar, tarixiy shaxslar o‘rin olgan. Unda Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida ikki – o‘zbek va yahudiy oilasida kechayotgan voqealar aks etgan.

Filmning katta ekrandagi rasmiy premerasi 18 dekabrda bo‘lishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar