“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:14
ЎЗO‘Z

Badiiy kengashdan o‘tmagan videokliplarni ko‘rmadingizmi? (foto)

08 dek, 06:00 8 599 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Badiiy kengashdan o‘tmagan videokliplarni ko‘rmadingizmi? (foto) Maqolada jurnalist Xurshid Serobov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy kengashi rad etgan 6 ta videoklip nima uchun qaytarilganining sabablarini aniqlashga urinadi. Muallif maqolada qo‘shiqlarning rad etilishiga munosabat bildirgan.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasi badiiy kengashi keyingi vaqtda ancha faollashib qoldi. 5 dekabr kuni badiiy kengash mas’ullari xalq ma’naviyatini astoydil himoya qilishlari kerakligi yodga tushib, internetda tarqalib, TVda aylanib bo‘lgan qo‘shiqlarni obdon “savalashibdi”. Lekin bu kliplarni “internetga tanda qo‘ygan" fanatlardan tortib O‘zbekistonning chekka qishloqlaridan birida yashovchi Tursunboygacha internetdan ko‘chirib olishga ulgurdi. Lekin bu ayb emas, sal kechiksa-da, kamchiligi bor qo‘shiqlar egalariga qaytarildi, TVda aylantirmaslik, internetda tarqatmaslik sharti qo‘yildi (garchi endi foydasi yo‘q bo‘lsa ham) va badiiy kengash jiddiy ishlayotgani isbotlandi.

Kengash qaroriga muvofiq 6 ta qo‘shiqqa ishlangan videoklip rad etilgan. Bular: Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetova ijro etgan “Mehmonim” dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) “Uzun yo‘l”, Mahliyo Omonning “Farg‘onadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullayevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qo‘shiqlariga olingan videokliplardir. “O‘zbekkonsert” taqdim etgan xabarda ushbu qo‘shiqlarda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani qayd etilgan.

6 ta qo‘shiqning 4 tasini internetdan yuklab olib tomosha qildim. Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetova ijro etgan “Mehmonim” duetidan parcha ko‘rdim, Sevara Yusupovaning “Uzun yo‘l” qo‘shig‘ini esa internetdan topa olmadim, “O‘zbekkonsert”ning xabarida esa shu xonanda Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgani aytilgan. Demak, badiiy kengashdan o‘tmagan qo‘shiq allaqachon TVni zabt etib ulgurgan.

Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” qo‘shig‘i Otajonov uslubidagi yangicha qo‘shiq, klipda garchi yangilik ko‘zga tashlanmasa ham, harakatlar va aytish usuli – san’atkorning o‘sha eski uslubi. Qo‘shiq matni tushunarsiz: “Qaddi sarvi uzra zulfi kamon-de, Chuv soldi chuv, shov-shuv bo‘ldi jonga band-ye”. Videoklipda Otajonovning juz’iy kamchiliklari, masalan, me’yordan ko‘p qo‘l harakati yoki umumiy harakatlaridagi g‘ayrioddiylik bo‘lishi mumkin. Lekin bu Otajonovning uslubi.

Klipda asosan xonandaning o‘zi ko‘rsatilgan, bir kadrda dengizda qo‘shiq aytib turgan bo‘ladi, bir kadrda mashinada, yana bir kadrda esa yo‘lning o‘rtasida qo‘shiq aytib turgan bo‘ladi. Orada diskotekada yoshlarning raqs tushayotgani ko‘rsatiladi. Ortiqcha qo‘pol sahnalar yo‘q.

Klipni qayta-qayta ko‘raverib amin bo‘lganim: mabodo Otajonov chiziqni bosib, yo‘l qoidasini buzgani uchun klipi taqiqlanmadimikan?

Ushbu holat badiiy kengash tomonidan “xonanda xalqqa o‘rnak bo‘lish o‘rniga yo‘l harakati qoidalarini buzayapti” degan tasavvur uyg‘otgan bo‘lsa, ajab emas.

Alisher Zokirovning “Mayli” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda ham “ma’naviyatimiz uchun zid xatti-harakatlar uchramaydi. Har doimgidek, yigit bilan qiz va ayrilish sahnasi. Bu klip qo‘shiq matni sayozligi uchun qaytgan bo‘lsa kerak" degan xolis gumondaman. “Jarga qulatma, jonim, sevgi begunoh, Oy yuzingdan judo qilma, so‘zim begunoh, Visolingdan mahrum qilma, ko‘zim begunoh, So‘nggi bora uchrashib, mayli, vidolashaylik”, – deydi xonanda.

Mahliyo Omon ismli qo‘shiqchining “Farg‘onadan” qo‘shig‘iga ishlangan klipda “mentalitet va ma’naviyatga hujumlar” sezilib qolgan: qiz o‘zini qo‘g‘irchoq deb o‘ylab nima deyayotganini unutgan, Farg‘onaga ketgan yorini juda sog‘inganini aytgan, harakatlari sal beo‘xshov.

Qo‘shiq matni nihoyatda sayoz va bema’ni: “Yuragi tosh, tosh, tosh, Ishlamasa bu bosh, bosh, Uyga kech keladi, Ko‘ylagidan topaman uzun soch, soch, Sariq soch kim, kim, kimniki?”. Naqaroti esa bundan ham “bama’ni” va o‘zbek qizining axloq-odob normalarini chetlab o‘tgan: “Farg‘onadan kelmaydi, nima qilay, sog‘inaman, Ketganiga o‘n kun bo‘ldi, qaytmaydimi endi, sog‘inaman”. O‘zbek qizini qolipga solish fikridan yiroq holda ayta olamanki, qiz bola o‘z tuyg‘ularini har doim ham omma oldida ochiqlayvermaydi. Xullas, qo‘shiq ham, klip ham har tomonlama sayoz.

Doston Ubaydullayevning “6-xonadon” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip nima uchun rad etilganini tushunish qiyin. Qo‘shiq matni sayozligi uchun qaytarilgan bo‘lishi mumkin.

Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovaning “Mehmonim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni internetdan topa olmadim. Klipdan bir daqiqalik lavhanigina tomosha qildim. Lavhadan ayon: “Bojalar” har doimgidek aqlni shoshiradigan, o‘zbek tilida uchramagan tovushlaru so‘zlarni naqarot qilib, “Lazgi”ni “lezginka” qilib yuboribdi.

Badiiy kengash nima uchun kerak? Milliy estradani “ommaviy madaniyat” ta’siridan saqlash, mazmunan sayoz, yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shiq va kliplar yaratilishining oldini olish uchun badiiy kengash kerak.

Xonandalar odatda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlarida qo‘shiqlarini “aylantirishadi”.

Badiiy kengashning bu galgi ishi biroz kulgili bo‘ldi, hamma joyda tarqalib bo‘lgan qo‘shiqlar rad qilindi. Badiiy kengash faoliyatida baribir o‘zgarish qilinishi kerak. Qo‘shiqlarni baholashning eng xolis va aniq formatini topishi kerak.

Eslatma: “Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning “O‘g‘lim”, Sharof Muqimovning “Qora ko‘zlar”, xonandalar Zilola Musayevaning (Shahzoda) “Men o‘sha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madaliyevning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib, efirga uzatishga tavsiya berilgan. “Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzozoda Shahrizoda Ahmedova bilan ijro etgan “Hasrat” qo‘shiqlariga olingan videokliplarga istisno tariqasida ruxsat berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 27
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 61
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar