“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonni yangi madaniy kashfiyotlar kutayotgani ma’lum qilindi

04 dek, 08:56 4 772 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonni yangi madaniy kashfiyotlar kutayotgani ma’lum qilindi Foto:«O‘zEOAVMA»
2018 yil 10-11 dekabr kuni O‘zbekistonda «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasining 2018 yil yakunlari va «Yo‘l xaritasi-2019»ni ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro multimediya forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

«O‘zEOAVMA media-xoll»ida bo‘lib o‘tadigan forum ilmiy va madaniy qismlardan iborat. Olimlar o‘z natijalari va shov-shuvli topilmalari haqida so‘zlab berishadi. Masalan, dunyoga mashhur olim, tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburglik Efim Rezvan O‘zbekiston hududiga tegishli dunyoning 114 ta Kur’onlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr kitob nashriyotida kengaytirilgan voqelikni qanday qo‘llash mumkinligi haqida so‘zlab beradi. O‘zbek olimlarining o‘tmishda kichik nashrlarda chop etilgan, natijada keng doiradagi kitobxonlarning foydalanishiga imkoniyat bermagan qimmatli ilmiy asarlarini qayta nashr etish loyihasi taqdim etiladi.

Ushbu turkumning birinchi kitobi – E. V. Rtveladzening «Buyuk Hind yo‘li», «O‘zbekistonning 100 mashhur qo‘lyozma yodgorliklari» loyihasining taqdimoti, Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» («G‘alabalar kitobi») faksimilesi taqdimoti forumning muhim qismiga aylanadi. «Rossiya – Kultura» telekanalining O‘zEOAVMA bilan birgalikdagi «O‘zbekiston. Sevgi haqida afsonalar» to‘rt seriyali hujjatli filmi, shuningdek Germaniya kinokompaniyasi tomonidan «O‘zbekistonning buyuk faylasuflari» filmini suratga olish bo‘yicha loyihaning revyusi o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida «Zamonaviy dunyodagi madaniy meros: saqlash va ommalashtirish» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyida «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasining doimiy ko‘rgazmasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Forumning madaniy dasturini O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish va turistik salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan «Ijtimoiy jihatdan muhim media mahsulotlari X milliy festivali» davom ettiradi.

Shu yili nashrga tayyorlangan 10 ta albom taqdimoti rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, interaktiv hududda O‘zbekistonda birinchi marta ilmiy-madaniy sohada 3D texnologiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Ikki kun davom etadigan forum natijalari bo‘yicha O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati faoliyatining 2019 yil uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) milliy va xalqaro hamkorlar hisoblanadi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 75
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar