“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:17
ЎЗO‘Z

“Oʻzbekkonsert” jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi (foto, video)

28 sen, 20:02 7 149 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Oʻzbekkonsert” jonli ijroda kuylagan qator xonandalarga litsenziya berdi (foto, video) “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengash yigʻilishida Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi “Konsert tomosha oʻtkazish departamenti” vakillari ham ishtirok etishdi. Mehmonlar “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrganishdi, sanʼatkorlarga litsenziya berish, konsert-tomosha uyushtirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish tartibini oʻrganishdi va oʻzaro tajriba almashishdi.

Kengash yigʻilishida jami 13 nafar litsenziatning ijod namunalari koʻrib chiqildi. Ular oʻzlari tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini jonli ijroda kengash yigʻilishida ijro etishdi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya berildi.

Eʼtiborli jihati, litsenziatlar orasida 70 yoshli sozanda Gerat Isanbayev ham qatnashdi va unga kengash aʼzolari tomonidan imtiyozli litsenziya berildi.

Maʼlumot oʻrnida: oldin muassasaga xonandalar oʻz qoʻshiqlarini diskka yozdirib, qoʻshiq matnlarini ilova qilgan boʻlsalar, endilikda esa xonandalar “Oʻzbekkonsert”ga kelib oʻz ijod namunalarini ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali litsenziya olishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar