“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Rejissyor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorlanmoqda

01 sen, 23:13 5 909 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rejissyor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorlanmoqda Rejissyor Jahongir Ahmedov uch yil davomida suratga olinadigan, 100 qismli tarixiy serial ustida ish boshladi. Bu haqda rejissyor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Islomxoʻja” tarixiy badiiy-publisistik filmi bizning jamoamiz uchun katta dars boʻldi. “Islomxoʻja” filmidan soʻng koʻplab mutaxassislar, ustozlar va, ayniqsa, filmni tomosha qilishga ulgurgan tomoshabinlar tomonidan film ijodkorlari tarixiy serial olishga tayyor ekan, degan fikrlar, talablar bois serial suratga olishga dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladik.

Jahongir Ahmedov, rejissyor

Rejissyor mazkur serialda chet ellik kino ijodkorlar hamda aktyor va aktrisalarni jalb qilmasligini quyidagicha izohladi.

Oʻzimizning tariximizni faqat va faqat oʻzimizning aktyor va aktrisalarimiz ijro etishini xohlayman. Axir aktyor va aktrisalarimiz tarixiy filmlarda suratga tushishni necha yillardan buyon kutishmoqda. Shunday imkoniyat tugʻilganda biz rejissyorlar chet ellik jahon kinoyulduzlariga murojaat etsak, bu adolatdan boʻlmaydi, deb hisoblayman.

Jahongir Ahmedov, rejissyor

Rejissyor mazkur serialning qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini sentyabr oyining oʻrtalarida maʼlum qilishini aytdi.

Hozircha serial aynan qaysi tarixiy shaxs yoki davr haqidaligini ijodiy jamoamiz siri boʻlgani sababli maʼlum qilolmayman. Ammo serial taxminan besh fasldan iborat boʻlib, har fasli 20 qismli, jami 100 qismli katta va keng qamrovli serial boʻladi. Bu serialda nafaqat oʻsha davrda yurtimizdagi jarayon, balki qoʻshni davlatlardagi jarayonlar ham aks etadi. Shu nuqtayi nazardan serial keng qamrovlilik kasb etadi.

Biz tarixiy serial suratga olishga tayyormiz. Ayni kunlarda serialga homiylik qilishni xohlagan tashkilotlar, brendlar hamda homiylar bilan muzokoralar boʻlib oʻtmoqda. Katta va keng qamrovli tarixiy serial katta mablagʻ hisobiga suratga olinishi barchaga maʼlum. Shu sababli biz bu jarayonga alohida eʼtibor qaratishga, homiylar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Jahongir Ahmedov, rejissyor




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 128
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 64
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 588
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 94
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 029
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar