“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:00
ЎЗO‘Z

Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini namoyish etishga ruxsat berilmadi

16 iyul, 21:00 7 011 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini namoyish etishga ruxsat berilmadi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi Qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 10 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Videokliplarni baholashda Kengash a’zolari ijodiy ishdagi badiiy va professional yondashuvlarga hamda xalqimiz tarbiyasi va dunyoqarashiga ta’sir etish darajasiga e’tibor qaratdi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» DM axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedovaning «Erka desam», «Nihol» mukofoti sovrindori Manzura Yuldashevaning ozarbayjon tilida kuylangan «Man bir ayri», xonanda Xurshid Rasulovning «Yoshligimga qaytgim keladi», xonanda (Shahzoda) Zilola Musayevaning «Jajji qizaloq» hamda xonanda Navro‘z Sobirovning «Bu tuproq» deb nomlangan qo‘shiqlariga ishlangan kliplari muhokama etilib, ushbu ijrochilarga kliplardagi ba’zi juz’iy kadrlarni to‘g‘rilash sharti bilan efirga uzatish uchun tavsiya berildi.

Xonanda Shahlo Axmedova ijro etgan «Indama» qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, «oldi-qochdi» jumlalardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ma’naviyatimizga zid xatti-harakatlar, «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib qiluvchi raqslar aks etganligi bois ushbu klip rad etildi.

Xonanda Hadicha Qurbonova ijro etgan «Yolg‘iz qiz» qo‘shig‘iga ishlangan videoklip to‘liq nihoyasiga yetmaganligi hamda musiqasini milliy cholg‘ular asosida boyitish kerakligi tushuntirildi. Xonandaga klipni tayyor holda navbatdagi Kengashga topshirilishi ma’lum qilindi.

Xonanda Jasur Umirov ijrosidagi «Xo‘rlandi yurak» qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda kompyuter grafikasidan o‘rinli foydalanilmaganligi, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va videoklipdagi ayrim o‘rinsiz kadrlar olib tashlanishi lozimligi ijodkorga tushuntirilib, ushbu klip rad etildi.

Xonanda Nodir Niyozov tomonidan ijro qilingan «Ona» qo‘shig‘i matni yaxshi yozilgani e’tirof etilib, klipdagi tushunarsiz kadrlarga e’tiroz bildirildi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, xonandaning videoklipi Badiiy kengashda qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Xonanda Elvira Yusupova («Ko‘k choy» guruhi) ijro etgan «I love you, Bukhara» qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi ayrim juz’iy kamchilik, ya’ni yigit tomonidan qizni ko‘tarish raqsi sahnasini olib tashlash tavsiya etildi. Xonanda tomonidan joyida to‘g‘rilanganligi uchun ruxsat berildi.

«Omma e’tiboriga taqdim etilayotgan har bir videoklip tomoshabin tarbiyasiga ta’sir etuvchi muhim kuchga ega. Xonandalar mana shu mas’uliyat asosida ijodiy ishlarini yaratsalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Kengash a’zolari tomonidan xonandalarga qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplardagi qo‘shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishini, shuningdek, odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi ko‘rinish madaniyatiga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi holatlarning oldini olishga e’tibor qaratishi lozimligi tushintirib kelinmoqda», deyiladi axborotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar