“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:54
ЎЗO‘Z

«Sevimli» telekanalida texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatildi

16 iyul, 15:40 9 715 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sevimli» telekanalida texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatildi Kecha, 15 iyul kuni «Sevimli» telekanalining kechki efirlarida «Hurliqo» filmi efirga uzatildi.

Filmdagi qisqa epizodlarning birida milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan kadrlar aks etgan va ana shu sahna ko‘plab o‘zbekistonlik tomoshabinlarning e’tiroziga va ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Xabar.uz» muxbiri ushbu masala yuzasidan telekanal rahbariyati bilan bog‘landi.

«Bu — texnik xato tufayli yuz berdi. Filmdagi ayni shu sahnalar kesib tashlanishi lozimligini aytganmiz, ammo texnik xodimning xatosi bilan o‘sha joylari kesilmagan va efirga ketib qolgan.

Albatta, ish bor joyda xato bo‘ladi. Ammo hech kim bu xatoni ataylab qilmaydi. Shuning uchun ham tomoshabinlardan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolikni to‘g‘ri tushunishlarini va uzr so‘raymiz»
, — dedi telekanal rahbarlaridan biri.

Aytish kerakki, «Sevimli» telekanali bugungi kunda yurtimizdagi telekanallar orasida o‘z mavqei va tomoshabiniga ega telekanal hisoblanadi. Yuzaga kelgan texnik xatolik esa ularning ijodiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, degan umiddamiz. Telekanal rahbarlarining tomoshabinlardan uzr so‘ragani ham yurtdoshlarimizga nisbatan bo‘lgan hurmati belgisidir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 109
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar