“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

… Meni unutibsiz, deding tunov kun…

13 iyul, 10:27 9 119 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
… Meni unutibsiz, deding tunov kun… HUSN
Ko‘rdim, ko‘rib qoldim uning gul yuzin,
Dilimda ulg‘aydi g‘alati vulqon.
Odamning ko‘ziga sanchilgan husn
Koshkiydi yurakdan oqizmasa qon.

Juda ham qiynalib ketdi bu jonim,
Koshki hammasini unuta olsam.
Koshki o‘tib ketsa telba shu onim,
O‘zimni o‘ziga tanita olsam.

O‘tib borayotir alamli kunlar,
Duduq dil aytolmas eng muhim so‘zni –
Boshqa gul nigohlar ranjimasinlar,
Ko‘z faqat ko‘rarkan sanchilgan yuzni.

IQROR
Meni unutibsiz, deding tunov kun,
Bekor gap, Majnunga o‘xshadim sen deb.
Yuragim ichida pishqirdi to‘lqin,
Men asli olamda yashadim sen deb.

O‘likdi, bir lahza jon qildi sevgi,
Lahzayu abadiy on qildi sevgi.
Yurakka botirib qon qildi sevgi,
Men shu tig‘ — qalamda yashadim sen deb.

Dardlarga qorishiq soy oqdi menga.
Tunlari oltalash oy boqdi menga,
Orzu gilamida joy yo‘qdi menga…
Voh, qonli gilamda yashadim sen deb.

Mag‘lubman va lekin o‘chim bo‘lmadi,
Senga sendan boshqa yechim bo‘lmadi.
Ko‘zlarim kuldiyu ichim kulmadi,
Men butkul alamda yashadim sen deb.

… Meni unutibsiz, deding tunov kun,
Men asli olamda yashadim sen deb.
Xayrulla Hamidov

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 128
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 62
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 587
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 94
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 028
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar