“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:19
ЎЗO‘Z

“Sevgi iztirobi”: Amir Zaynabni o‘g‘irlash niyatida

28 мая, 07:02 9 996 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Sevgi iztirobi”: Amir Zaynabni o‘g‘irlash niyatida Videoda O‘zanning bo‘g‘ib o‘ldirilishini ko‘rgan Nihon kichkina qor parchasidan po‘rtanaga aylanadi. Hech kim uning g‘azabiga qarshi turolmaydi.

Kamol va Nihon o‘rtasida nizo tug‘dirish uchun Zaynabdan foydalangan Amir Zaynabni kulfatda qoldirmaydi. U Zaynabni qochirish operatsiyasini ham boshlab qo‘ygan.

Kamol ko‘rgan suratlaridan keyin ham singlisining begunohligiga ishonadi, hatto buni isbotlashning yo‘lini topadi.

Kamol va Nihon o‘rtasida Amir rejalashtirgan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Biroq Amir va Asuning rejasiga qarshi o‘laroq, barcha to‘siqlarga qaramay, Nihon bilan Kamolning muhabbati tugamaydi.

Nihon O‘zanning qotilligi bo‘yicha aybdorni topgani bois, qotilni izlash ishini davom ettiradi. Toriq Zaynab fosh bo‘lgandan so‘ng o‘zi ham fosh bo‘lishidan qo‘rqib, azobda qoladi. Toriq qurbon bo‘lishini bilmaydi va o‘zi anglamagan holda Asuning tuzog‘iga tushadi.

Amir o‘zidan homilador bo‘lgan Zaynabni o‘g‘irlab ketish niyatida. Chunki hech bir Ko‘zjuo‘g‘li qamoqda qolishi kerak emas, hatto hali tug‘ilmagan bo‘lsa ham. Biroq Asu Amirning bu fikrini yoqlamaydi.

Asu Nihonga Zaynabni topishning barcha yo‘llariga ishora qilgach, Kamolga ro‘para keladi. Uni hayotidagi eng og‘ir daqiqalar kutmoqda.

Nihon Zaynabni yashiringan joyida topgach, unutilmas yuzma-yuz uchrashuv bo‘ladi. Biroq Nihon o‘zi uchun kutilmagan nafrat va shafqatdan birini tanlashga majbur bo‘ladi.

O‘yinda yangi ism oshkor bo‘lgach, Zaynab uchun o‘yin tamom bo‘ladi. Kutilmagan bu ism hammaning taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Zaynabga kim o‘q uzdi?

Zaynabning yaralanishi Nihon va Kamol uchun yangi sinov bo‘ladi. Oilaviy munosabatlar muhabbatdan ustun bo‘lishi mumkinmi? Kamol Zaynabning hayotini asrab qolishga urinarkan, Nihon, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, aybi uchun javob berishga qaror qiladi.

Toriq Zaynabga o‘q uzgan odamni izlaydi. Buning uchun hatto Kamolni siquvga oladi.

Amir Nihonning haqiqatni aytishiga xalal berish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Biroq o‘q kamondan otilib bo‘lgan, hatto Amir ham bu yerda biron nima qilishga ojiz.

Nihon esa hayotidagi eng muhim qarorni qabul qilish arafasida. Bir tomondan — vijdoni, ikkinchi tomondan — onasi. Bu qaror Nihon va Kamolning sevgisi uchun eng katta sinov.

Nihon ham Zaynabga, ham Kamolga tegishli qarorni ma’lum qilgach, ularning sevgisi yangi bosqichga ko‘tariladi. Va bu baxtsiz muhabbat, barcha ko‘ngilsizliklarga qaramay, nurli kelajak tomon yo‘l oladi. Nihon hech qachon Kamol bilan yorug‘ kelajak qurishdan voz kechmaydi.

Nihonning falokatga uchrashi qarshi zarba bo‘lganini anglagan Amir xotinining hayotiga qasd qilgan odamni topish harakatiga tushadi. Kamol esa Zaynabni oqlash uchun O‘zanning o‘ldirilishi bilan bog‘liq eng muhim dalillarni jamlaydi.

Amir va Kamol turli haqiqatlarga intilarkan, Nihon doimgidek Kamolga ergashadi. Asu yaqinlashib kelayotgan xavfni sezadi. Hammasini o‘z foydasiga hal qilish uchun uning vaqti kam.

Kamol va Nihon barcha sinovlarni aylanib o‘tib, og‘ir yo‘ldagi har bir savolga javob topishga qat’iy ahd qilgan.

Asu Amirning qo‘liga tushdi

Nihon va Kamol o‘rtasida haqiqatni yashirib turgan devor Toriq uchun bir imkon bo‘ladi. Biroq Kamol yuz bergan voqea qarshisida taslim bo‘lmoqchi emas. U O‘zanning o‘ldirilishi bilan bog‘liq bor haqiqat yuzaga chiqmaguncha qotilga olib boradigan yo‘lning oxirigacha yurib boradi.

Nihon bilan yuz bergan falokat izlari Asuga olib boradi. Bu vaziyat Amir va Asuni bir-biriga qarshi qo‘yadi.

Kamol va Amirning urushi yanada kuchayadi.

Kamol Gurjanga yetish uchun reja tayyorlaydi. Bu yo‘lda u Asu bilan yuzma-yuz qoladi. Kamolning rejasini kuzatayotgan Nihon uchun daqiqalar soatday o‘tadi va rejaga aralashishga qaror qiladi.

To‘fon bilan birga Amirning qo‘liga tushadigan Asuga mo‘’jiza kerak. Asu uchun Nihonning falokati bilan bog‘liq ma’lumotlar mo‘’jizaga aylanadi.

Gurjanga yaqinlashib, “O‘zanning o‘limi” deb atalgan eshikni yopishga urinayotgan Kamol yana Amirga duch keladi. Biroq haqiqat yuzaga chiqishi uchun bu yetarli emas.

Asu uchun hamma o‘yinlar tugab, hamma eshiklar yopiladi. Bundan keyinggi yo‘l esa yo o‘lim, yo qamoq…

Manba: Tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 120
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar