“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:13
ЎЗO‘Z

«Badiiy kengashda kim o‘tiribdi o‘zi». Farhod Saidov «O‘zbekkonsert» qaroriga munosabat bildirdi (video)

23 мая, 23:39 5 667 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Badiiy kengashda kim o‘tiribdi o‘zi». Farhod Saidov «O‘zbekkonsert» qaroriga munosabat bildirdi (video) Foto: «Daryo»
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi huzuridagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining yig‘ilishida Farhod Saidovning «Jimir-jimir» nomli qo‘shig‘i matni saviyasi past bo‘lganligi bois rad etilgan edi.

Ushbu xonandaga qo‘shiq va unga ishlangan videoklipdagi matnni shoirlarga ko‘rsatib qayta to‘g‘rilash, videoklip ssenariysining g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlanib, videoklipni Badiiy Kengashga qayta topshirilishi borasida tavsiya etilgan edi.

Farhod Saidov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida bu so‘zlar xalq og‘zaki ijodidan olinganligi hamda xalq og‘zaki ijodini saviyasiz deyishga hech kimning haqqi yo‘qligi haqida gapirib berdi.

Badiiy kengash a’zolari kimlardan iborat ekanligini bilmayman. Bu holat yuzasidan bir misol keltirmoqchiman. XI asrda yashab o‘tgan sharq donishmandi Kaykovusning «Qobusnoma» asaridagi hofiz va musiqachilarga bag‘ishlangan bobida «Hamma vaqt og‘ir yo‘llarni chalaverma va hamma vaqt yengil yo‘llarni ham chalaverma, chunki barcha yo‘lni bir xilda chalmaslik kerak, negaki odamlarning hammasi bir xilda emas, tabiatlari ham bir-biriga muvofiq emas, xalq xilma-xildir», degan. Demak yengilroq ham, og‘irroq ham aytish kerak.

Qo‘ling qo‘limga tegsa jimir-jimir qiladi,
Isming aytsam yurakka qimir-qimir qiladi.

Bu falsafa-ku, demak shunchalik seni yaxshi ko‘ramanki, shunchalik men uchun ahamiyatlisanki, mabodo qo‘ling qo‘limga tegib ketsa, buni butun badanim ham his qiladi. Ismingni aytsam, yuragim qinidan chiqib ketguday bo‘ladi, deyilmoqda. Bu bizning xalq og‘zaki ijodimizdan olingan. Buni noto‘g‘ri, saviyasi past degan odam bizning merosimizga qarshilik qilgan bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodini saviyasi past deyishga kimning haqqi bor, bu so‘zlar 100-150 yillardan buyon kelayotgan folklordir. Qani saviyasi pastlik, badiiy kengashda kim o‘tiribdi o‘zi, kim buni saviyasi past deb aytmoqda.

Hay-hay go‘zalim, buncha tamanno qilasan,
Aqlimni olib oshiq-u shaydo qilasan.
Goh qoshni qoqib, ko‘zlarni suzib,
Bir lahzada yuz fitnani paydo qilasan.

Bu menimcha, saviya jihatidan o‘sha aytilayotgan qo‘shiqlarning yuztalariga to‘g‘ri kelsa kerak. «Qaddimni bu qoshingiz egib yo qilasiz», qaddimni bukyapsiz, deyilgan. «Man g‘am chekaman, siz nega yallo qilasiz», man azoblangan sayin, siz mazza qilasiz deyilmoqda.

Shu so‘zlarning saviyasi past denglar, men qo‘limni ko‘taraman, bo‘ldi, boshqa gapim yo‘q.

Farhod Saidov, xonanda




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 130
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar