“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 21:13
ЎЗO‘Z

San’atkorlar har yili Prezident nomidan rag‘batlantirib boriladi

09 apr, 22:39 5 261 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
San’atkorlar har yili Prezident nomidan rag‘batlantirib boriladi Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgansan’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ-271, 06.04.2018 y) qabul qilindi, deb yozadi Darakchi nashri.
Ushbu qaror bilan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra:

- Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo‘shgan san’atkorlar hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to‘grisida sertifikat topshiriladi;

- Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:

- kompozitor, bastakor va san’atshunoslar;

- teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari;

- dirijyorlar, baletmeysterlar;

- musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;

- doston ijrochiligi namoyandalari;

- shoir va yozuvchilar;

- muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilshs sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar;

- tasviriy va amaliy san’at vakillari, dizaynerlar.

Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilish va g‘oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 143
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Bo‘limlar