“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:25
ЎЗO‘Z

Farg‘onalik qo‘lsiz yigit chizgan suratlar hammani hayratga solmoqda (video)

06 apr, 16:47 10 398 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onalik qo‘lsiz yigit chizgan suratlar hammani hayratga solmoqda (video) Oramizda iqtidorli insonlar ko‘p. Ana shunday noyob qobiliyatga ega farg‘onalik yigit chizgan suratlari bilan hammani hayratga solib kelmoqda.

Afsuski unga taqdir jismonan but jussani nasib etmadi. U ikki qo‘lsiz, oyog‘i majruh dunyoga keldi. Lekin shunga qaramay u taslim bo‘lmadi. Balkim bor jasoratini ishga solib, iqtidorini namoyon etib kelmoqda.

Shuhrat O‘rinboyev Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘ida istiqomat qiladi. Uning boalaligidan rangtasvirga qiziqishi baland bo‘ladi.

"Rasm chizaman, rassom bo‘laman deb o‘ylamagan edim. Oldiniga harflarni o‘rgandim, keyin yozishni. Sekin-sekin qushlarni, hayvonlarni suratlarini chiza boshladim. Shundan keyin menda rangtasvirga bo‘lgan qiziqish orta boshladi", — deydi Shuhrat.

Unga bunda Opasi — Shoira O‘rinboyeva hamisha ko‘kmakdosh bo‘lib kelgan."Men juda faxrlanam ukam bilan", - deydi u.

Shuhrat O‘rinboyev bir qator mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan bir qator "Yosh musavvirlar" tanlovlarida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga qiritdi.

2005 yilda u "Jasorat" medali bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda Shuhrat O‘rinboyev Chimyon qishlog‘idagi 15-umumta’lim maktabida rassomchilikdan dars berib, o‘quvchilarga rassomchilikning sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

Maxsus muxbirimiz Ahror Ziyodov ushbu noyob iqtidor sohibi haqida maxsus reportaj tayyorladi. E’tiboringizga lavhani havola etamiz:>>>VIDEO




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 599
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 512
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar