“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 03:47
ЎЗO‘Z

Hazar TV telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda

25 mar, 15:27 4 783 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hazar TV telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda Ozarbayjonning Hazar TV telekanali orqali namoyish etiladigan “Sirdash” mashhur sayyohlik shousining navbatdagi soni Samarqand bo‘ylab sayohatga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh 19—26 mart kunlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Samarqand shahrida bo‘ladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Hazar TV telekanali delegatsiyasi boshlovchi Raxib Aliyarzade, rejissyor Shaxbaz Rasulov, operator El’nur Abbasov tashriflarining birinchi kunida Samarqandda Navro‘z bayrami jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, tur davomida ular Samarqand an’analari hamda me’moriy va etnografik yodgorliklarini o‘rganishadi.

Ozarbayjon televideniyesida Samarqandning turizm, madaniyat, an’analari va me’moriy yodgorliklarining yangi imkoniyatlariga doir hikoyalar o‘z navbatida mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonining oshishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy guruhning suratga olish ishlari bayram sayllari, milliy taomlar festivallari, bellashuvlarga boy umumxalq Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatuvning navbatdagi sonini yanada qiziqarli qiladi.

Ma’lumot uchun, “Sirdash” ko‘rsatuvi Ozarboyjonning “Hazar TV” telekanali orqali har hafta efirga uzatib boriladi. Bu vaqt ichida ko‘rsatuv ijodiy guruhi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib qaytishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 145
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar