“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 07:02
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik adib va olimlar Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

22 fev, 07:34 5 356 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik adib va olimlar Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi O‘zbekistonlik bir guruh adib va adabiyotshunos olimlar Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyi tashkil etilishi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:
Sizning jamiyat hayotining boshqa barcha jabhalari qatorida adabiyotimizga bo‘lgan yuksak e’tiboringiz biz — adiblar, adabiyotshunos olimlar va umuman adabiyot ahlining ayni ko‘nglimizdagi ish bo‘layotganini aytishdan benihoya mamnunmiz. Kecha — 20 fevral kuni yana bir xushxabarni, ulkan savobli ish boshlanganini eshitdik. Sizning bevosita tashabbusingiz va rahnamoligingizda Toshkent shahri, “Samarqand darvozasi” mahallasida joylashgan buyuk adib Abdulla Qodiriy yashab ijod qilgan uy va bog‘ hovli hududida bog‘-muzey tashkil etish, bu ishlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish va 2018 yil yakuniga qadar tugallash rejalashtirilgani haqidagi xabarni o‘qib, to‘g‘risi, ko‘zlarimizga quvonch yoshlari keldi. Bu xayrli ish xalqimizning ko‘p yillik armoni edi.

Shuning bilan birga, bu savobli ish tarixiy haqiqatning, adolatning qaror topishidir. Xalqimiz ko‘nglidagi go‘yo ushalmasdek tuyulgan orzuning ro‘yobga chiqishidir. Chunki Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi bo‘lib tarixga kirdi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, she’rlariyu hikoyalarida birinchilardan bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasini kuyladi. O‘z Vatanining ravnaqini, ona xalqining dunyodagi taraqqiy etgan millatlar darajasiga ko‘tarilishini orzu qildi. Asarlari mohiyatida ana shu hayotbaxsh g‘oyalarni aks ettirdi.

Mudhish 1938 yilgi qatag‘on qurboni bo‘lgan Abdulla Qodiriy nomi faqat 1956 yilga kelib oqlandi. Biroq shundan keyin to mustaqillikkacha o‘tgan 35 va istiqlolning 26 yili davomida buyuk adib yashagan uy e’tiborsiz qolib keldi. Yurtdoshlarimiz va xorijlik sayyohlar muntazam ziyorat qilib keladigan bu maskan obod qilinmadi. Abdulla Qodiriy yashagan uyni muzeyga aylantirish borasida bir qancha marta yuqori idoralarga murojaat etilgan bo‘lishiga qaramay, bu xayrli ish amalga oshmay kelar edi. Ana shu ezgu ishga Sizning rahnamolik qilishingiz ko‘ksimizni tog‘dek ko‘tardi.

Xalqimizning qalbini o‘rtab kelgan armon ortda qolgani rost bo‘lsin! Ushbu benihoya ulkan savobli ish uchun butun adabiyot ahlining minnatdorligini qabul qilgaysiz.


Maktubga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, filologiya fanlari doktorlari Umarali Normatov va Nurboy Jabborov, yozuvchilar Sobir O‘nar va Isajon Sulton imzo chekkan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 601
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 513
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 59
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 43
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Bo‘limlar