“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

“Sevgi iztirobi”ni yo‘qotganlar diqqatiga! “Istanbullik kelin” kelyapti

21 fev, 12:45 15 424 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Sevgi iztirobi”ni yo‘qotganlar diqqatiga! “Istanbullik kelin” kelyapti Turk seriallarini o‘zbek tomoshabinlari ancha sog‘ingan ekan. Bugun istalgan telekanaldan turk kinoijodkorlari tomonidan tayyorlangan film va seriallarni topish mumkin.

Xabaringiz bor, yaqinda “ZO‘R TV” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) serialining namoyishi to‘xtatildi. Ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan mazkur serial nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkiyada ham taqiqqa uchragan edi.

Tez orada “Sevgi iztirobi” o‘rniga yangi, mazmunli, o‘zbek madaniyatiga mos serial namoyishi boshlanishi rejalashtirilmoqda. “Sevimli” telekanali ijodkorlari ayni damda Turkiyaning “Star” telekanalida namoyish etib kelinayotgan “Istanbullik kelin” serialini o‘zbekchaga o‘girish jarayonlarini boshlab yuborishgan.

Ushbu serialda bosh rollarni Turkiyaning taniqli aktyorlari Ipak Bilgin, Asli Anvar, O‘zjan Deniz ijro etishgan. Farzandlarini uchun borlig‘ini bergan ona va kelinlar o‘rtasidagi munosabat, marhum otaning hayotlik chog‘idagi xatolari va ularning ajri serial voqealarida mohirona tasvirlangan.

Serialni suratga olish jarayonlari Turkiyada hamon davom etmoqda. Bugungacha unda tarbiyasizlik, ma’naviyatga zid holatlar uchragani yo‘q. Ssenariy kelgusida qay yo‘ldan ketishi mavhum. Har holda bugungacha Turkiyada juda katta shuhrat qozongan ushbu serial O‘zbekistonda ham tomoshabinlarga manzur kelishiga ishonamiz.

Darvoqe, serial 1 martdan boshlab “Sevimli” telekanalida namoyish etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 34
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 160
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar