“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:19
ЎЗO‘Z

"Ichkarida"gi Malak — Bensu Soral

16 fev, 11:34 19 866 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Ichkarida"gi Malak — Bensu Soral “Ichkarida” nomli turk seriali ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olib ulgurdi. Shunday ekan serialda rol ijro etgan aktyorlarining hayoti ham ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Cerialning bosh qahramonlari bilan tanishtirgan edik. Bugun ham ushbu serialda rol ijro etgan boshqa aktyorlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bensu Soral — 1991 yil 26 mart kuni Bursa shahrida dunyoga kelgan. Boshqa aktrisalardan farqli o‘laroq u maktab va litseyni tamomlagach, texnika universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo qo‘shimcha daromad topish maqsadida o‘zini model sifatida sinab ko‘radi. Ammo bu sohada uzoq faoliyat yuritmadi. Aktrisa opasi Xande Soralning izidan ketib, kino olamiga kirib boradi. (Xande Soral tomoshabinlarga 2013 yilda suratga olingan “Choliqushi” serialidagi Azeli roli bilan yaxshi tanish).

Ilk omadi

Bensu Soralning ilk muvaffaqiyati ko‘p qismli “Vijdon” seriali bo‘lgan. U Keriman roli bilan tomoshabinlarning mehrini qozongandi. Bensu Soral turk kinomotografiyasining eng mashhur seriallaridan biri “Kosem Sultan” serialida u bosh qahramon — Kosemning 16-20 yoshlik davrini gavdalantirish kerak edi. Ammo aktrisaning o‘zi rolni rad etib “Yoqimtoy aldoqchilar” serialida suratga tusha boshlaydi. Aytish joyizki, aktrisa “Yoqimtoy aldoqchilar” detektiv-drama yo‘nalishidagi serialda o‘zining yangi qirralarini namoyish eta olgan.

Ayni kunlarda Bensu san’at sohasidagi malaka va bilimlarini oshirish uchun San’at uneversitetiga o‘qishga kirishga tayyorlanmoqda.

Shaxsiy hayoti
Bensu Soral shaxsiy hayoti haqida jurnalistlarga ko‘p ma’lumot bermaydi. Ammo Turkiya OAVi ma’lumlotlariga ko‘ra Bensu Turkiyaning yirik tadbirkorlardan biri Xakan Bash bilan ahdu-paymon qilgan. Hozircha to‘y haqida aniq ma’lumotlar yo‘q lekin ular birgalikdagi suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylab turishadi.
Aliya SULAYMANOVA tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 599
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 512
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar