“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:28
ЎЗO‘Z

Munisa Rizayeva muxlislariga: "Sizlarning hurmatingiz men uchun bir tiyin!"

12 fev, 22:05 19 410 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Munisa Rizayeva muxlislariga: "Sizlarning hurmatingiz men uchun bir tiyin!" Xabaringiz bor Instagram ijtimoiy tarmog‘i juda ommalashgan, ayniqsa san’atkorlar orasida. Munisa Rizayeva ham internetdan faol foydalanadigan xonandalar qatoriga kiradi. Instagram sahifasida “Jonli efir”da suhbatlashish imkoniyati ham bor bo‘lib, bir necha kun avval Munisa Rizayeva muxlisasi(muxlisi) bilan aloqaga chiqadi. Bu muxlis Rossiyada istiqomat qilib, jinsini o‘zgartirgani (transvestit) tufayli ham O‘zbekistonda ancha-muncha insonlarning g‘azabiga uchraganini kimdir biladi, kimdir yo‘q.

Xullas xonanda “jonli efir” vaqtida bu odam bilan do‘stona suhbat qurgani, tabiiyki uning muxlislariga yoqmaydi. Va juda ko‘pchilik “Munisa bu odam bilan gaplashmang”, “Uni jonli efirdan yo‘qoting”, “Hurmatim baland edi sizga, yonimizda hurmatingizni yo‘qotyapsiz” qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishgan. Ularga javoban esa Munisa Rizayeva: “Menga bunday hurmatning keragi yo‘q, bir tiyin” deya asabiy javob qaytargan.

Biz ushbu videoni saytga joylashtira olmadik. Sababi allaqanday jinsini o‘zgartirgan, Yaratgan in’om etgan tabiat va xilqatni o‘zgartirishga uringan insonni reklama qilishni istamaymiz. Munisa Rizayevaning muxlislariga qarata “Bir tiyin” degan gapinigina oydinlashtirishni xohladik, xolos.

Xonandaning administratori bilan bog‘langanimizda, u bu holatga montaj deya baho berdi. “Munisa muxlislarini hurmat qiladi. Tarqalib ketgan video shunchaki ba’zi qismlari kesib, qayta ulangan montaj. Qolaversa Munisa o‘sha Jasmina bilan hech qanday do‘st emas.”

Munisa Rizayeva muxlislaridan uzr so‘radi, intervyuda masalaga oydinlik kiritib muxlisini shunchaki himoya qilganini ham aytib o‘tdi.

Ammo bir narsaning keragi yo‘q edi: Jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotgan, millionlab odamlarning nafratiga sababchi bo‘lib, Alloh bergan jinsdan tongan erkak(ayol) kim ekanidan qat’iy nazar, u bilan ming yillik qadrdonlarday xalq ko‘z oldida suhbat qurish!

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 66
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 163
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar