“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi. Farrux Zokirovning xabari bormi?

24 yanv, 20:04 10 276 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi. Farrux Zokirovning xabari bormi? Xabaringiz bor, 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish taklifi bildirilgan edi. Shundan so‘ng, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida huzurida “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilib, unga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rais etib tayinlangan edi.

Kuni kecha “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov klubning o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirgan ishlari haqida hisobot taqdim etdi.

Bugun, 24 yanvar kuni “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi rais Farrux Zokirov ishtirokisiz o‘tkazildi. “Qalampir.uz” manbasining yetkazgan xabariga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ayni damda AQShda. Shu bois u klubning yig‘ilishida ishtirok etmagan.

Navbatdagi yig‘ilishda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi Farrux Zokirov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlangan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Mansur Toshmatov, Munojot Yo‘lchiyeva, Matluba Dadaboyev, Zamira Suyunova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekiston xalq hofizlari Ilhom Ibrohimov, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibragimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Yaxyo va Muxsin Mo‘minovlar, Azim Mullaxonov ishtirok etishgan.

Bundan bir necha yil avval, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov markazi faoliyatini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Hatto, alohida xona ham ajratilgandi. Shu-shu markaz faoliyati qayta tilga olinmadi, nima ish bilan shug‘ullanayotgani ham aniq emas. Bu orada Ozodbek Nazarbekov rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar