“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:58
ЎЗO‘Z

Amir: «Ayollar ortga chekinmaydigan, jur’atli erkaklarni hurmat qilishadi!»

17 yanv, 21:10 9 212 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amir: «Ayollar ortga chekinmaydigan, jur’atli erkaklarni hurmat qilishadi!» Turk seriallari ixlosmandlarining “sevimli ro‘yxati”ni yana bittaga ko‘paytirgan “Sevgi iztirobi” seriali o‘z qahramonlari bilan tomoshabinlarning ko‘nglidan joy olib ulgurgani aniq. Ulardan biri javobsiz sevgiga duch kelgan salbiy qahramon Amir roli…

2015 yil rejissyorlar Xilol Saral va Ekin Pandir turk aktyori Kaan Urgandjiogluni “Sevgi iztirobi” dramasiga taklif etishadi. Kaan rolini shu qadar mahorat bilan ishonchli o‘ynaganki, go‘yo Amir hayotda bordek taassurot qoldiradi…

— Kino olamiga qanday kelib qolgansiz?
— Oilaviy do‘stimiz Demet Akbar “Karaoglan” seriali bosh qahramoniga meni tavsiya qilgan, bari shundan boshlandi. So‘ng aktyorlik hayotim mazmuniga aylandi. So‘ng Marmara universitetining iqtisodiyot fakulteti talabasi bo‘ldim. Lekin ham o‘qib, ham “La’natlangan yo‘l” serialida suratga tushishni davom ettirganman.

— Maqsadingiz mashhurlikmi?
— Yo‘q! Mashhur va taniqli bo‘lish mutlaqo qiziq emas. Men uchun muhimi rol o‘ynash, bundan zavq olaman. Aktyorlik hech qaysi kasbga o‘xshamaydi. Boisi aktyorlikning formulasi yo‘q.

— Ko‘zlagan marrangiz bordir?
— Aniq marram yo‘q, besh yildan keyin nima bo‘lishi noma’lum. Boisi orzular doim ham ushalavermaydi. Shu bois oldimga maqsad qo‘yib yashamayman. Rolim, ijroimga avvalo o‘zim ishonaman, so‘ng qolganlarni ishontirishga intilaman, xolos.

— Xonadoningizga kirishingiz bilan qiladigan ishingiz?
— Birinchi qiladigan ishim qahva damlash. Uy bo‘ylab taraladigan qahva isi men uchun muhim. Qulay o‘rindig‘im bor, unga o‘tirgancha musiqa tinglayman. Asosiy vaqtimni aynan uyimda o‘tkazaman.

— Tomoshabinda kuchli nafrat uyg‘onishi sizni cho‘chitmadimi?
— Qahramonim Amir sevgan insoniga ozor beradi, muhabbati yo‘liga g‘ov bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ayol tomoshabinlar Amirni yaxshi ko‘rib qoldi. Nazarimda, ayollar ortga chekinmaydigan, jur’atli erkaklarni hurmat qilishadi. Amir esa ayni shu jihatlarga ega. U Nihonga doim ruhiy tazyiq o‘tkazadi. Ssenariy muallifining ta’biri bilan aytsam, Amir odam psixologiyasini juda yaxshi biladi va hukmini o‘tkaza oladi.

— Rolga tayyorlanish qiyin kechmaganmi?
— Rolga tayyorlanish asnosida Amirning ko‘pgina gaplarini google orqali izlab, izoh topishga uringanman.

— Odatda roldan chiqish qiyin kechadi, siz bu jarayonda qiynalmadingizmi?
— Men Amir emasman, lekin bu roldan keyin avvalgi Kaan ham bo‘lolmayman.

— Sevgi bu…
— …san’at. Ikki inson hissiyotlarini bir-biriga so‘z orqali imkon qadar yetkazadi. Go‘yo sevgi, baxtni hamma bir xil his etadigandek, aslida unday emas. Odamlar har xil, hissiyot va tushunchalarning darajasi ham.

Istarasi va baland bo‘yi sabab, fotomodel sifatida juda faol bo‘lgan. Bu esa mashhur prodyuser Abdulla Oguz e’tiborini tortadi. Kaan shu tariqa kino olamiga kirib keladi. Biroq tajribasizligi pand beradi, vaziyatni to‘g‘rilash uchun ma’lum vaqt Nyu-Yorkdagi “Stella Adler Academy of Acting & Theatre”da tahsil oladi.

Aktyor haqida:
Kaan Urgandjioglu 1981 yilning 8 mayida Izmirda tug‘ilgan, o‘ziga to‘q oilada ulg‘aygan.
Aktyor o‘rta maktabni tamomlagach, oilaviy AQShga ko‘chib boradi. Kaan u yerda kollejni tamomlaydi.
19 yoshida oilaviy Turkiyaga qaytishadi va universitetni shu yerda o‘qiydi.
Aktyor fotograf Zeynep Oymakka ko‘ngil qo‘ygan. 2016 yil ikki yil sinovda bo‘lgan insoni bilan 2017 yilda oila qurishini ma’lum qilgan.

Manba: darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 27
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 61
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar