“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

«O‘zbeknavo» «o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagan» 25 ta klipni telekanallar efiridan olib tashladi

30 okt, 21:09 10 446 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbeknavo» «o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagan» 25 ta klipni telekanallar efiridan olib tashladi O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Milliy estrada san’ati: shoir, bastakor va xonanda hamkorligi – davr talabi» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda UZ24'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

O‘zAning yozishicha, anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Abdullaev, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Murodjon Majidov va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda bu yil Mustaqillikning 24 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida shoirlar va xonandalar hamkorligida 40 dan ziyod yangi qo‘shiq yaratilgani, Yozuvchilar uyushmasi ko‘magida Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yosh shoirlarning yurtga sadoqat tuyg‘ulari aks etgan she’rlari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida maxsus to‘plam holida chop etilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, sohada bu kabi yutuqlar bilan birga, hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ham yo‘q emasligi, jumladan, chet el ohanglariga o‘zbekcha so‘zlarni qo‘yib ijro etish hollari kuzatilayotgani qayd etildi.

Ushbu tadbirda «O‘zbeknavo» birlashmasi tashabbusi bilan «umumiy talablarga javob bermaydigan», «o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan» 25 ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlangani aytildi. Hamda ommabop bo‘layotgan qo‘shiqlarning matnidagi ma’nosizliklar yana muhokama etildi. Misol tariqasida xonanda Munisa Rizaevaning «Sakramento» qo‘shig‘i, yaqinda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega bo‘lgan Ziyodaning so‘nggi qo‘shig‘i matni tanqid qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 131
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 64
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 590
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 94
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 030
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 0
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 181
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 106
  • Bo‘limlar