“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:14
ЎЗO‘Z

«Ajal jodusi» nomli badiiy film premerasi bo‘lib o‘tdi

26 okt, 18:23 11 788 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ajal jodusi» nomli badiiy film premerasi bo‘lib o‘tdi Joriy yilning 23 oktyabr kuni Respublika Kinochilar uyi hamda Alisher Navoiy nomli kino saroyida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Vatan» kinostudiyasida suratga olingan «Ajal jodusi» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda film ijodkorlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Filmda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan noqonuniy migrasiya va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar – qonunni chetlab o‘tgan holda, xorijiy mamlakatga borib, noqonuniy mehnat muhojiriga aylangan shaxslarning mashaqqatli mehnati, huquqsizlikdagi og‘ir hayoti va ba’zan ayanchli tugayotgan qismati haqida hayotiy misollar asosida, ta’sirchan yo‘sinda hikoya qilinadi.

Kartina postanovkachi rejissyori Hilol Nasimov filmni tasvirga olish jarayonida yaqindan yordam berib, qimmatli maslahatlarini ayamagan mas’ullarga minnatdorchilik bildirib, jumladan, shunday dedi: – Filmimizda ko‘rsatilgan ba’zi bir holatlar doimo ekranda qolib ketsin, siz va bizning oramizda bunday noxushliklar yuz bermasin. Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini saqlab kelayotgan posbonlarimiz, harbiylarimiz, huquq-tartibot idoralari xodimlariga minnatdorchiligimni bildiraman.

«Ajal jodusi» badiiy filmini 24 oktyabrdan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi kinotearlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, 2015 yil davomida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan «Novda» (rejissyor Zulfiqor Musoqov), «Sotqin» (Rustam Sa’diev), «Dilor, dilor... dil va or» (Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov), «Hayotda...» (Yolqin To‘ychiev), «Shunqorlar» (Umid Hamdamov), «Bolalik sinovlari» (Hamidulla Hasanov), «Barakasini bersin» (Farhod Xudoyberdiev), “Balli Kamoliddin!” (Elyor Hoshimov) filmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ayni vaqtda davlat buyurtmasi asosida «Baron» (rejissyor Rustam Sa’diev), «Oyqiz ertagi» (Akbar Bekturdiev), «So‘nggi pushaymon» (Nozim Jumaev), «Zurriyod» (Abduxalil Mignorov), «Ma’suma» (Yolqin To‘ychiev), «Kuzning bir kuni» (Zulfiqor Musoqov), «Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar» (Sobir Nazarmuhamedov) filmlarini suratga olish ishlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar