Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zbekistonlik taniqli yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning uylanayotgani xabar qilindi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Tarmoqda kuyovlik kiyimidagi Akbarxo‘ja Rasulovning yonida boshqa bir aktyor Alisher Uzoqov ham joy olgan surat ham tarqaldi.
Qayd etish kerakki, o‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlar orqali Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Akbarxo‘ja Rasulov 1986 yilning 28 sentyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U to‘rt farzand ichida kenja o‘g‘il hisoblanadi.
Dastlab, "Xo‘ja Nasriddin. O‘yin boshlandi" filmi (2006 y) orqali o‘zbek tomoshabini bilan yuzlashgan aktyor keyinchalik, "Yo‘qolgan odam", "Iblis devori", "Poyma-poy", "Kechikkan hayot", "Sevginator-2", "Hur qiz", "Jasur", "Afg‘on", "Xiyonat", "Jigarbandim", "Taqdirlar" kabi filmlardagi ishtiroki orqali mashhurlikka erishgan.
U shuningdek, rus va ukrain kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlarda ham rollar ijro etib kelmoqda.