“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:53
ЎЗO‘Z

Bahrom Nazarov matbuot anjumanida yangi konsert dasturi haqida gapirdi

06 noya, 22:19 8 214 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahrom Nazarov matbuot anjumanida yangi konsert dasturi haqida gapirdi Bugun Matbuot anjumanlar uyida xonanda Bahrom Nazarovning yangi 14, 15, 16 noyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda xonandaning o‘zi, konsert tashkilotchisi Abror Po‘latov, shoir Xushnud Darvesh hamda matbuot anjumani tashkilotchisi Feruz Muhammad jurnalistlarning deyarli barcha qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Bu yilgi «Intizor» deb nomlangan konsert dasturi Bahrom Nazarov ijodidagi uchinchi yakkaxon konserti bo‘lib, bundan avval xonandaning «Shukrona», «Baxt uchun» deb nomlangan konsert dasturlari taqdim etilgan.
«Konsertni «Intizor» deb nomlashimizga sabab muxlislarimizni sog‘inib, intizor bo‘lib kutganmiz. Qolaversa, Ogahiy g‘azali bilan «Intizor» deb nomlangan yangi qo‘shiq tayyorladik.

Bu yilgi konsert dasturimizning repertuaridan joy olgan qo‘shiqlarimiz asosan rang-barang bo‘lishini xohladik. Ya’ni ona haqida, Vatan mavzusida hamda sevgi-muhabbatga oid yangi qo‘shiqlarni muxlislarga taqdim etishni niyat qildik», — deb ma’lumot berdi xonanda konsert haqida jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Bu yilgi «Intizor» deb nomlangan konsert dasturidan o‘nga yaqin yangi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Konsert Abdulla Oripovning «O‘zbekiston Vatanim manim» she’ri asosida yaratilgan qo‘shiq bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Dasturning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlash maqsadida qiziqchi Shukrullo Isroilov konsertni olib boradi. Bundan tashqari, «Gap yo‘q» triosi ham qiziqarli ko‘rinishlar taqdim etishi haqida jurnalistlar bilan uchrashuvda gapirib o‘tildi.

Matbuot anjumani so‘ngida Bahrom Nazarov ommaviy axborot xodimlari taklifiga binoan jonli ijroda «Abdulla Oripov so‘zi bilan yangi yaratilgan «O‘zbekiston Vatanim manim» qo‘shig‘idan parcha ijro etdi. Qo‘shiq anjuman ishtirokchilariga ma’qul bo‘ldi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar