“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:25
ЎЗO‘Z

Jerar Depardye: «Ruhim uchun nimadir istasam, Qur’on o‘qiyman»

30 okt, 15:38 6 801 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jerar Depardye: «Ruhim uchun nimadir istasam, Qur’on o‘qiyman» Jerar Depardyening Le Cherche Midi nashriyoti tomonidan chiqarilgan «Monstr» nomli xotiralar kitobi payshanba kuni sotuvga chiqdi, deb xabar bermoqda info.islom.uz sayti.

Xotira kitobida 68 yoshli aktyor yashab o‘tgan umrini ma’lum darajada sarhisob qiladi va fransuz adabiy tanqidchilarining fikriga ko‘ra, hayotiga ancha mahzun nigoh tashlaydi. Bu mavzuga Deparye kitobida ko‘p o‘rin ajratgan. Kitob muqovasiga «Bugun erkim avvalgidan ko‘proq» deb yozilgan.

«O‘lim meni qo‘rqitmaydi, – yozadi Depardye. – O‘lim so‘roq belgisi emas, balki yashab o‘tilganlar nuqtai nazaridan haqiqiy undov belgisidir». «O‘lim oddiy, sokin bir holat. Unga tayyorlanish kerak», – deb yozadi aktyor. Depardye xotiralarida «bugun bundan qirq, hatto ellik yil avvalgi beg‘am va betashvish odam emas»ligini, ko‘ngli ham noziklashib qolganini aytdi.

Ayni paytda, aktyor ba’zida ruhiy narsalarga etiyoj sezishini, shunda «Qur’on o‘qishi»ni tan oldi. Umuman olganda, Depardye «bugun haqiqiy adabiyot deyarli yo‘q bo‘lib ketgan, noyob hodisaga aylangan» deb hisoblaydi.

Boshqa kitob va intervyulardagi kabi Depardye bolaligi va yoshligi haqida mufassal gapirib beradi, «umrida biron marta dengizni ko‘rmagan» otasi «Dede» haqida so‘ylaydi. Qanday qilib aktyor bo‘lganiyu, bunda unga kimlar yordam berganini hikoya qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 111
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar