“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

Madina Mumtoz yangi qo‘shig‘ida eski muhabbat haqida kuyladi

23 okt, 20:01 8 785 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Madina Mumtoz yangi qo‘shig‘ida eski muhabbat haqida kuyladi Ba’zan insonlar qalb kechinmalarini atrofdagilarga oshkor etishni istaydilar. Ayrimlar shu orqali o‘zlarini yanada yengil his qiladilar. Bu borada shoirlar va xonandalarning omadi chopgan. Yurak hislarini bemalol qo‘shiq qilib kuylashlari mumkin. Aynan shunday qalbdan kuylangan taronalar ham muxlislar qalbidan chuqur joy oladi.

Bugun “Premera” loyihasi orqali e’tiboringizga havola etilayotgan qo‘shiq ham oilani, ham san’atni o‘z yo‘lida munosib olib borayotgan xonanda, shuningdek, ko‘plab jiddiy va komik obrazlari bilan tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan aktrisa Madina Mumtozga tegishli.

“Unutolmadim” nomli qo‘shiqni tinglaganimizda Madina Mumtozning nolalari va ijrosi orqali bu qo‘shiq chindan yurakdan ijro etilganiga amin bo‘ldik.

Darvoqe, qo‘shiq jonli ijrodan yozib olingan. Xonanda qo‘shiqning har bir satrini bir necha marta kuylab, keyin unga kompyuter orqali ishlov berilmagan. Shu sabab ham xonandaning har bir nafasi, nolasi eshitgan quloqqa o‘zgacha kayfiyat bahsh etadi.

Qo‘shiqda “Men uni haliyam sevaman, unutay deymanu unutolmayman” degan satrlar bor. Beixtiyor savol tug‘ilishi tabiiy. Go‘yoki Madina Mumtoz o‘tmishni yodga olgandek... “Muhabbat oldida, hatto, shoh ham bosh egadi” deganlaridek, Madina Mumtoz ham birinchi muhabbatini unuta olmayotgandir.

Shu kabi savollarimiz tinchlik bermagani sababli xonanda bilan bog‘landik va oydinlik kiritishga harakat qildik.

Madina Mumtozga “Nahotki haligacha eski muhabbatingizni unuta olmayapsiz? Bejizga bu mavzuda qo‘shiq kuylamagandirsiz?”, deya savol berganimizda, xonanda kulgidan o‘zini zo‘rg‘a ushlab turdi. Madinaning javobini o‘zgartirmagan holda e’tiboringizga havola etamiz:

“Bilasizmi, biz san’atkorlar faqat o‘zimizni dardimizni doston qilavermaymiz, balki boshqalarning ham dardini olib chiqishimiz zarur. Bu qo‘shiqni ilk marta eshitganimda, hayolimdan o‘lim tufayli sevgilisidan ayrilgan yorning nolasi sifatida yodimda qolgan edi. Keyin shu asarni kuylashga qaror qildim va kuylaganimda ana shu tasavvur ko‘z o‘ngimdan o‘tadi... Go‘yoki juftlikning biri ortga qaytmaydi, ya’ni u bevaqt vafot etganu muhabbati qolib ketgan. Shuning uchun aytmoqchimanki, bu qo‘shiqning shaxsiy hayotimga aloqasi yo‘q. Mavzu, qolaversa, ohangi yoqqani uchun ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib kuylaganman”.

Alohida ta’kidlash zarur, qo‘shiqning so‘z va musiqa muallifi ozarbayjonlik ijodkor Ahmed Mustafoyevga tegishli. Madina Mumtoz she’rni o‘zbekchaga tarjima qilgan va kuylagan. Xonanda nafaqat o‘zbek tilini, balki ozarbayjon va turk tilini ham mukammal bilishi uning muxlislariga ayon bo‘lsa kerak.

Shu o‘rinda xonanda “Qalampir.uz” sayti orqali jonli ijroda ohang yaratgan sozandalarga ham o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Ular bilan tanishtirsak:

Klavishda – Farruh Abduazimov
Skripkada – turkiyalik ijodkor Okan Karayas
Bas gitarada – Shuhrat Toirzoda
Barabanda – Damir Fathullin
Akustik gitarada – Jamshid Rajabov
Kongida – Doniyor Abduvaliyev.

Ushbu qo‘shiqni saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar