“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:26
ЎЗO‘Z

«Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q». Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi

01 okt, 13:07 8 027 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q». Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 29 sentyabr kuni O‘zbekiston San’at va madaniyat institutida mumtoz qo‘shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon va jamoa shaklida ijod qilayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotda jurnalist Feruz Muhammad ham qatnashdi, deb yozadi Daryo nashri.

Muloqotda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov hududdagi xonandalarning muammosi haqida ochiq-oydin gapirib berdi.

Butun Qoraqalpog‘iston xonandalari nomidan bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchiman. Qoraqalpog‘istondagi ekologik muhitning yomonligi inobatga olingani holda, masalan, harbiylarga, shifokorlarga imtiyozlar berilgan. Misol uchun, imtiyozi borlar temiryo‘l, aviaparvoz xizmatlaridan 50 foizlik chegirma bilan foydalanishi mumkin, yana boshqa imtiyozlar ham bor.

Qoraqalpog‘istondagi xonandalar hozir achinarli ahvolda. Ijod qilish uchun pul yo‘q. Pul qilish uchun to‘yga chiqish kerak, to‘yga chiqish uchun esa litsenziya bo‘lishi kerak, litsenziya olish uchun ham pul kerak. Iltimos, bizdagi ekologik vaziyatni inobatga olib, bu muammoni ham ko‘rib chiqsangiz va xonandalarga imtiyozlar qilib bersangiz.

Jenisbek Piyazov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist

Madaniyat vaziri Sayfullayev bir muddat avval qoraqalpog‘istonlik xonandalar bilan uchrashganini ma’lum qilib, xonanda Piyazov aytgan muammo haqiqatan ham mavjudligini tan oldi. Vazir bu muammoni hal qilishga va’da berdi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasi rahbari Azamat Haydarov ham Jenisbek Piyazov juda to‘g‘ri muammoni ko‘targanini ta’kidlab, bu masalada amaliy choralar ko‘rishini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar