“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:04
ЎЗO‘Z

Shohrux XON so‘z sizga

18 sen, 23:40 4 983 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shohrux XON so‘z sizga Bollivud qiroli, hind aktyori, prodyuseri, boshlovchisi, eng yaxshi erkak roli uchun «Filmfare Award» mukofotini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordsmen, Fransiyaning San’at va Adabiyot ordeni sovrindori, Shohrux Xon 1965 yilda Hindistonda tug‘ilgan. U 1988 yildan boshlab to shu kunga qadar 30dan ortiq filmlarda esda qolarli rollarni ijro etib kelmoqda.

1. «Ayol va bolalarga qo‘l ko‘targanimdan ko‘ra o‘lganim afzal».

2. «Men tan olingan bo‘lishni yoqtiraman, meni sevuvchi insonlarni sevaman. Odamlar meni ko‘rganlarida baqirib olqishlashlarini juda yoqtiraman. Bir kun kelib bular yo‘q bo‘ladi, ammo men bu haqda o‘ylagim ham yo‘q”.

3. «Negativ inson bo‘lmang, aks holda hamma negativ yuzingizga uradi, natijada ajinlar paydo bo‘ladi».

4. «Menda Napaleondan bir parcha bo‘lsa edi. Qancha urinsam ham Maxatma Gandi va Tereza Ona kabi bo‘la olmayman».

5. «Hech qanday muammo qo‘rqinchli emas, agar sizni uyda sizni yaqinlaringiz kutishayotgan bo‘lsa».

6. «Insonlar haqida yaxshi narsalarni o‘ylay olmasangiz, unda ular haqida yomon fikrlarga ham bormang».

7. «Men ayolimga uylanish oldidan uning ko‘nglini olish maqsadida kichik-kichik sovg‘alar xarid qilardim. Shulardan biri sochni jingalak qiluvchi ploykadir. Bir do‘konda ayollarning uni maqtashayotganini eshitib darrov sotib olganman. To‘ydan keyin bilsam u ishlamagan ekan».

8. «Ba’zida rafiqam boshqa joyda bo‘lganida usiz hech narsa yo‘qligini his qilaman. Hech qanday hayot, hech qanday uy, hech qanday baxt Gaurisiz yo‘q. U mening kuch manbaim, madadim. Men u va bolalarim yonimda ekanligidan juda baxtiyorman! Bu juda ajoyib va buning hammasiga Gauri sababchi».

9. «Men hech qachon uyga kelganimda charchadim, demayman. Charchasam, faqat o‘z ishimdan charchayman. Ayolim, men yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishga shunchalik ko‘p erkinlik berib qo‘ygan ekan, nega men unga charchaganimni ko‘rsatishim kerak. Ularga iloji boricha ko‘proq vaqt ajratishga harakat qilaman».

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 109
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar