“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:33
ЎЗO‘Z

«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)

01 sen, 12:45 8 252 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO) 25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

Kecha festivalning g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, Registon maydonidagi amfiteatrda taqdirlanishdi. Festivalning uchinchi darajali diplomlari Eron, Indoneziya va Turkiyadan kelgan jamoalarga topshirildi. Ikkinchi o‘ringa Qirg‘iziston va Litvadan kelgan san’atkorlar sazovor bo‘ldi.

Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi hamda mamlakatimiz vakili Mohichehra Shomurodova birinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berildi.

Bu yil jahonning 58 davlati san’at ustalari “Sharq taronalari”da o‘z musiqa va qo‘shiqchilik an’analari, madaniyatini namoyish etdi. Festivalda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Anjuman doirasida o‘tkazilgan “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya san’atshunos olimlarning yirik xalqaro anjumani sifatida muhim va dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Tadbirda 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan olim va mutaxassislar ma’ruzalar qildi, taqdimotlar o‘tkazdi.

30 avgust kuni festivalning tantanali yopilish marosimiga bo‘lib o‘tdi. Marosimda yurtimiz san’at ustalari va yosh ijrochilar tomonidan konsert dasturi hamda “O‘zbekiston madaniy merosi – umumbashariy boylik” deb nomlangan 3D proyeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.

Manba: fayzbog.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 112
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 210
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 79
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar