“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov... “Sharq taronalari”ning final qo‘shig‘ini kuylash kimga nasib etadi?

28 avg, 22:10 9 510 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov... “Sharq taronalari”ning final qo‘shig‘ini kuylash kimga nasib etadi? Biroz avval xabar berganimizdek, bugun, 28 avgust kuni Samarqand shahrida XI “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hukumat a’zolari, elchixona va konsullik vakillari ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonda tashkil etiladigan katta bayram konsert dasturlari final qo‘shig‘i doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. O‘tgan 10 yil ichida milliy bayramlar munosabati bilan tashkil etilgan konsertlarni O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova navbatma-navbat yakunlashiga o‘rganib qolgan edik. Bu borada ortiqcha taxminlarga ham o‘rin qolmagandi...

XI “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida O‘zbekiston xalq artistlari: Ortiq Otajonov, Farrux Zokirov, Sherali Jo‘rayev, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonovalar ishtirok etishmoqda.

Ishonchli manbalarimiz yetkazgan ma’lumotlarga qaraganda, butun dunyo nigohi qaratilgan mazkur festivalning final qo‘shig‘ini kuylash bu yil O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga nasib etgan. Ustoz san’atkor ko‘p yillik tarixga ega “O‘zbekiston Vatanim” nomli qo‘shig‘ini ijro etadi.

Festivalning ochilish marosimida dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan xonanda va sozandalar, raqs guruhlari chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 95
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 202
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar