“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:58
ЎЗO‘Z

Venesuelaliklarning «Olislardan» nomli kartinasi Venesiya kinofestivalining 72-mavsumida bosh mukofotni qo‘lga kiritdi

13 sen, 12:51 7 100 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Venesuelaliklarning «Olislardan» nomli kartinasi Venesiya kinofestivalining 72-mavsumida bosh mukofotni qo‘lga kiritdi Venesuelalik kinoijodkorlar tomonidan ishlangan "Olislardan" (Desde alla) nomli kartina Venesiya kinofestivalining 72-mavsumida bosh mukofot "Oltin sher" haykaliga sazovor deb topildi. Film rejissyori Lorenso Vigas mukofotni qabul qilib oldi.

Festival 2 sentyabr kuni ochilgandi va yopilish marosimi 12 sentyabr kuni Lido orolidagi Kino saroyida bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’atiga meksikalik kinoshunos va rejissyor Alfonso Kuaron rahbarlik qildi.

Festivalda "Kumush sher" mukofoti eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun argentinalik rejissyor Pablo Trapero tomonidan ishlangan, kriminal drama yo‘nalishidagi "Klan" (El Clan) filmiga topshirildi.

Eng yaxshi ssenariy uchun mukofotga esa fransiyalik rejissyor Kristian Vensan "Oq suvsar" (L'hermine) filmi bilan ega chiqdi.

Shuningdek, eng yaxshi akrtisa sifatida italiyalik Valeriya Golino "Sening sevging uchun" (Per amor vostro) filmidagi roli orqali sovrindor bo‘ldi.

Fransiyalik Fabris Lukini esa "Oq suvsar" roli uchun "Eng yaxshi erkak aktyor" nominasiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Hakamlar Charli Kaufman va Dyuk Jonsonni "Anomaliza" kartinasi uchun "Eng yaxshi animasion film" yo‘nalishida mukofotlashdi.

Turkiyalik rejissyor Emin Elper "Aqlsizlik" filmi uchun hakamlarning maxsus mukofotiga loyiq ko‘rildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar