“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:12
ЎЗO‘Z

“Sharq taronalari” festivali doirasida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya boshlandi

26 avg, 15:47 6 811 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Sharq taronalari” festivali doirasida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya boshlandi Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n birinchi xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya boshlandi.

Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etishga bag‘ishlangan bu galgi anjumanda Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vetnam, Germaniya, Gruziya, Italiya, Indoneziya, Kanada, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Tojikiston, Ukraina, Eron, Yaponiya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan taniqli musiqashunos va tarixchi olimlar, san’atkorlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiya dasturidan yurtimiz olim va tadqiqotchilarining mavzu yuzasidan chiqishi va taqdimotlari ham o‘rin olgan.

Konferensiyaning “Tarix va meros” deb nomlangan birinchi majlisida xorijlik olimlarning Sharq xalqlari musiqa madaniyatining o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston musiqa merosi: milliy an’analarning saqlanishi va ularning rivoji, Eronda Navro‘z an’analari va ularning bugungi ko‘rinishi, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarda musiqaning ahamiyati, afg‘on an’anaviy musiqalari, Oltoy va Janubiy Sibir xalqlari san’ati, fors va arab musiqasi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Xalqaro anjuman davomida bir qator davlatlar musiqachi va san’atshunos olimlari tomonidan taqdimotlar, mahorat saboqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: uzbekistan24.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 34
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 159
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 61
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar