“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak

19 avg, 15:04 12 464 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak Aktrisa Jamila G‘ofurova «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

- Hammaning o‘z tushunchasi bor. Mening tushuncham bo‘yicha, bir nominasiyaga uchta aktrisaning nomzodi qo‘yildi, misol uchun o‘sha vaqtda, ya’ni 2014 yilda Asal Shodieva, Shahzoda Matchonova hamda mening nomzodim qo‘yilgan edi. Omadi bor ekan, mukofot Asal Shodievaga nasib etdi, qoyil, omadini bersin, muxlislari ko‘p ekan. Lekin mening ham talab qilishga, taklif qilishga haqqim bor, chunki san’atning ichida 17 yildan buyon yuribman. Qirqqa yaqin filmda rol ijro qilganman. Taklifim shundaki, mukofotga nomzod ijodkorni necha yildan buyon san’atda yuribdi, qanday filmlarda rol ijro qilgan, deya birma-bir o‘rganib chiqish kerak.

Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak. Misol uchun «Sog‘inch sohili», «Devona», «Jasur», «Uqubat», «Aldangan ayol», «Baron», «Gumrohlar», «Kechikkan hayot», «Armon», «Barakasini bersin» singari davlat filmlarida suratga tushganman. Bu filmlar giyohvandlikka, odam savdosiga, fohishalikka, OITS kasalligiga hamda terrorizmga qarshi ishlangan. Yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, yomon yo‘llardan qaytaradigan filmlarim juda ko‘p, bularni ham hisobga olishsa deyman.

Yosh bolani ham rag‘batlantirish, degan narsa bor. «Sen bu ishni yaxshi qilganing uchun mana mukofoti» desa ertaga bundan ham yaxshi ish qilishi mumkin. Mayli mukofot bo‘lar, bu ham nasib qilib qolar.


Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Aktrisa suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 50
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 73
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar