“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:06
ЎЗO‘Z

Madaniyat vaziri Mahmud Nomozov va Hosila Rahimovani topshiriqlardan bo‘yin tovlashda aybladi

18 avg, 22:44 8 247 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Madaniyat vaziri Mahmud Nomozov va Hosila Rahimovani topshiriqlardan bo‘yin tovlashda aybladi Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev taniqli xonandalar ishtirokida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida yig‘ilish o‘tkazgani, unda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilgani va klub raisligiga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Baxtiyor Sayfullaev o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 avgust kuni ijodkorlar ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi aytgan gaplariga to‘xtalib, ayrim xonandalarni tanqid qildi.

Baxtiyor Sayfullaev qayta-qayta xonandalarga yalinish darajasiga etib borilganini ta’kidlarkan, uning navbatdagi tanqidlari O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaga qaratildi.

“Prezidentimiz baxshilik maktabi yo‘q bo‘lib ketmasin deb Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilik san’ati uchun alohida maktab yaratib berdilar. Bu san’at bugun yo‘q bo‘lib ketish darajasiga etgandi. Qoraqalpoq va Surxondaryo-Qashqadaryo baxshilik maktabi bir-biridan farq qiladi. Qoraqalpoq baxshilari allaqachon o‘z maktabini yaratgan”, deydi vazir.

Baxtiyor Sayfullaevning fikricha, 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin ham ayrim san’atkorlar o‘zida mas’uliyatni his etmagan.

U O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimga baxshilar maktabi tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shiq uchun she’r yozib berishini iltimos qilgani, she’r tayyor bo‘lgach, qo‘shiqni kuylash san-salor qilinganini aytadi.

“Mahmud Nomozovga she’rni berdik, ketdi... Hosila Rahimovaga men o‘zim yalindim. Qachongacha xonandalarning ortidan yalinib yurish kerak? Bitta qo‘shig‘ingni ber baraka topgur, bir yilda bir marta bo‘ladigan tadbirda Prezidentni yoniga seni olib chiqay, deb qachongacha gapiramiz. To‘g‘ri, biz u yo‘q, bu yo‘q deb talab qilishga o‘rganib qolganmiz. Prezidentimiz ham uchrashuvda aytdilar, nima kerak sizlarga deb”, deydi Baxtiyor Sayfullaev.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri san’atkorlar orasidagi nomaqbul holatlar haqida kuyunib gapirar ekan, nafaqat katta san’atkorlar, balki yoshlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini ham mukofotlanganining ertasigayoq topib bo‘lmasligi, ular jamiyat xizmatidan o‘zlarini olib qochishlarini bot-bot takrorladi.


Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar