“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q”

18 avg, 17:02 7 401 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Madaniyat vaziri: “San’atkorlarga iltimos tugul iltijo qilyapmiz, ammo natija yo‘q” Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda vazir so‘z olib, qaratilayotgan e’tibor, ko‘rsatilayotgan yo‘l-yo‘riqdan keyin ham san’atkorlardan o‘zgarish bo‘lmayotganini, xonandalar mamlakat hayotida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi bilan yashamayotganini tanqid ostiga oldi.

“3 avgust kuni Prezidentimiz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda juda ko‘p takliflar o‘rtaga tashlandi. Ushbu uchrashuvdan keyin biz siz san’atkorlarning og‘zingizni poyladik, biror taklif berishingizni, bizga nima xizmat deb maydonga chiqishingizni kutdik. Prezidentimiz “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish vazifasini yuklaganalaridan keyin sizlarning men bu klubga o‘zimning qanday ulushimni qo‘sha olaman, deyishingizni kutdik. Natija bo‘lmagach, o‘zimiz sizlarga murojaat qildik. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Prezidentning bu tashabbusiga biz ham o‘zimizning ijodiy ishlarimiz bilan javob berishimiz kerakmi yoki yo‘q?”, deydi Baxtiyor Sayfullaev.

Vazir oldinda turgan yirik tadbirlar haqida gapirib, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Mustaqillikning 26 yilligi bayram tadbirlari uchun qo‘shiq yozib bering deb, san’atkorlarga iltimos qilinayotgani, bu iltimos iltijoga aylanganini, lekin javobsiz qolayotganini aytadi. Uning so‘zlariga qaraganda, san’atkorlardan O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Ortiq Otajonov, aka-uka Eshjonovlar, Yulduz Usmonova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitovagina “O‘zbekkonsert”ning taklifini rad etmay, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishgan.


Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 193
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 80
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar