“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:54
ЎЗO‘Z

AQShlik olim Cho‘lponning "Kecha va kunduz"ini ingliz tiliga tarjima qildi

28 iyul, 19:39 8 621 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShlik olim Cho‘lponning "Kecha va kunduz"ini ingliz tiliga tarjima qildi O‘zbekning durdona asarlaridan biri Cho‘lponning “Kecha va Kunduz”i AQShlik olim Kristofer Fort tomonidan ingliz tiliga o‘girildi va AQShda chop etilish arafasida. Kristofer Fortning aytishicha u o‘zbek adabiyoti va tarixiga juda qiziqadi. Tarjimon Cho‘lponning 1980 yillarda chop etilgan “Kecha va kunduz” asarini ingliz tiliga o‘girgan. Uning aytishicha asarning ayni shu nusxasida Gorkiydan epigraf keltirilgan bo‘lib, keyingi bosmalarda bu epigraf kiritilmagan.

Tarjimon asarni to‘liq emas, deb hisoblaydi. U davr zulmi va senzurasi oqibatida asar to‘liq chop etilmagan bo‘lishi mumkin, hamda asarning ikkinchi “Kunduz” qismi ham bor degan tahminda. Kristofer asarni tarjima qilishda ayrim so‘zlarni o‘z holicha qoldirganini aytdi. Masalan “maxram” so‘zining ingliz tilidagi muqobil varianti bo‘lmagani sababli unga tushuntirish berib o‘tilgan. Shu kabi boshqa ayrim so‘zlarning ham ma’nosi kengroq ochib berilgan. Tarjimon aynan nima uchun Cho‘lponning asariga qiziqib qolganining ham o‘z tarixi bor.

Kristofer avval Sobiq sovet davlatlari tarixi va siyosatiga qiziqib manbalarni o‘rgana boshlagan. Keyinchalik esa siyosatdan bezib, adabiyotga qiziqishi ustun kelgan. Kristofer nazmda ham bir nechta tarjimalarga qo‘l urgan. Iqbol Mirzoning shogirdlarining ham bir nechta she’rlarini ingliz tiliga qofiyasini saqlagan holda o‘girishga muvaffaq bo‘lgan. Xozirda AQSh adabiyotida qofiyali she’rlarni uchratish qiyin, ammo bizning muallif nazmni ham yurdoshlariga qofiyada etkazishga erishdi.

Kristofer rus adabiyotiga ham ixlosi balandligini va Rossiyada ham tadqiqotlar olib borishini aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda u o‘zini O‘zbekistonda ko‘proq erkin his qiladi. Kristofer Fort ayni damda Toshkentda bo‘lib, yana yangi asarlar ustida ishlarni davom ettirmoqda.

Manba: Dia.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 50
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 608
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 354
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 522
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar