“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:09
ЎЗO‘Z

Muhammedova va Omonullaeva haqidagi ko‘rsatuv qachon efirga berilishi ma’lum qilindi

21 iyul, 19:27 7 665 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muhammedova va Omonullaeva haqidagi ko‘rsatuv qachon efirga berilishi ma’lum qilindi Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullaeva o‘rtasidagi mojaralar kecha, 20 iyul kuni soat 20:05 da “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Uchburchak” tok-shousida tilga olinishi haqida xabar bergan edik. Ko‘rsatuv efir yuzini ko‘rmadi. Bunga na telekanal rahbariyati va na ko‘rsatuv mualliflari Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova tushuntirish bera oldi.

Mualliflar qo‘l telefoniga javob beravermagach, tahririyatimiz xodimlari “O‘zbekiston” telekanali efiri mas’ullari bilan bog‘landilar. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, bugun, 21 iyul kuni soat 21:40 da “Uchburchak” tok-shousi efir yuzini ko‘radi. Ammo haftalik teledasturlar ro‘yxatida “Uchburchak” tok-shousi ko‘rsatilmagan. Ma’lum qilishlaricha, kecha ko‘rsatuvlar ko‘payib ketgan, vaqt etmagani uchun “Uchburchak”ning efir vaqti bugunga o‘tkazilgan. Bunday favqulodda holat bugun ham kuzatilmaydi, ko‘rsatuv o‘z vaqtida efir yuzini ko‘radi, deb umid qilamiz.

“O‘zbekiston” teleradiokanalida juda dolzarb, mazmunli, kishini mushohadaga undovchi ko‘rsatuvlar tayyorlanadi. Ming afsuski, ko‘rsatuvlar teledasturlar ro‘yxatida berilgan vaqtlarda efirga uzatilmasligi bilan bog‘liq holatlar bu telekanalda juda ko‘p bor takrorlanadi. Bu esa tomoshabinlar orasida telekanalga nisbatan ishonchsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatuv uchun tayyorlangan maxsus lavhadan O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchieva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Oydin Abdullaeva, “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtozning intervyulari o‘rin olgan.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 599
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 512
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar