“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 17:34
ЎЗO‘Z

Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti

19 iyul, 16:54 8 859 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti Xabaringiz bor, aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaevani yoshlarga qo‘pol munosabatda ayblab, haqorat qilgan edi. Muhammedova o‘z iddaolarida Omonullaevani razil inson, ruhiy kasal deb, pora olishiga sha’ma qildi. Shahzoda Muhammedovaning bu qilg‘ilig‘i ziyolilar, madaniyat va san’at olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari g‘azabini oshirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “O‘zbekiston” teleradiokanali jurnalistlari Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova muallifligidagi “Uchburchak” nomli tok-shouning navbatdagi sonida aynan Dilorom Omonullaeva va Shahzoda Muhammedova o‘rtasidagi mojaralar muhokama qilinadi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Xabar qilishlaricha, muhokamada O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchieva, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi, bastakor Oydin Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Manzura Yo‘ldosheva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Mashhurbek Raimjonov va Madina Mumtoz ishtirok etadilar. Ko‘rsatuv uchun tayyorlanayotgan lavhada Dilorom Omonullaeva va Shahzoda Muhammedova ham o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlari kutilmoqda.

Avvalroq, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi, bastakor Oydin Abdullaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Dilnoza Ismiyaminova, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 15
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 58
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 635
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 539
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 1
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 0
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Bo‘limlar