“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

San’atkorlar daromad solig‘i to‘lashdan to‘liq ozod qilindimi?

14 iyul, 10:32 7 322 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
San’atkorlar daromad solig‘i to‘lashdan to‘liq ozod qilindimi? Davlat soliq qo‘mitasi Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun lisenziya olgan jismoniy shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashi bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi «Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bandiga muvofiq, konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomning 5-bandiga asosan, lisenziya konsert-tomosha faoliyatining olti reyting guruhlari bo‘yicha beriladi:

a) I, II, III, IV reyting guruhlari berilishi:

- yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi);
- bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;
- turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida ishtirok etish;
- ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va video kliplar taqdim etish;
- to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish huquqini beradi;
b) V va VI reyting guruhlari berilishi to‘y, yubiley va boshqa tantanalarga konsert xizmati ko‘rsatish (restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘y, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat ko‘rsatish), shu jumladan, ko‘ngilochar tashkilotlarda (klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda) konsert xizmati ko‘rsatish huquqini beradi.

Lisenziya talabgorining arizasiga ko‘ra, lisenziya umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilishi mumkin.

Nizomning 16-bandiga muvofiq, lisenziya talabgorining lisenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida (bugungi kunda 299 550 so‘m) yig‘im undiriladi.

Lisenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 354-sonli qarorining 2-ilovasi bilan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji stavkalari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar reyting guruhlaridan kelib chiqqan holda, yiliga eng kam oylik ish haqining (EKIHning) I reyting uchun EKIHning 195 baravari miqdorida (bugungi kunda 29206,1 ming so‘m), II reyting uchun EKIHning 98 baravari (14677,9 ming so‘m), III reyting uchun EKIHning 65 baravari (9735,4 ming so‘m), IV reyting uchun EKIHning 40 baravari (5991,0 ming so‘m), V reyting uchun EKIHning 26 baravari (3894,1 ming so‘m) va VI reyting uchun EKIHning 13 baravari (1947,1 ming so‘m) miqdorida davlat bojini to‘laydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-moddasi birinchi qismi 8-bandiga asosan, konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lgan shaxslar – ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.

Ayni paytda shunga e’tibor berish kerakki, konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar faqat konsert-tomosha faoliyatidan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning konsert-tomosha faoliyatidan tashqari olgan barcha daromadlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 101
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar