“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:11
ЎЗO‘Z

Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”

10 iyul, 13:13 9 300 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?” Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Dilorom Omonullaeva haqida yozib qoldirgan haqoratli so‘zlari so‘nggi kunlarda asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi.

Biz vaziyatga xolis yondashish uchun har ikki tomonning ham fikrini, shuningdek, ko‘plab san’atkorlar munosabatlarini ham o‘rganib, taqdim etmoqdamiz.

Shu maqsadda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning fikrlari bilan qiziqdik.

Gulbahor Erqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

– Dilorom Omonullaeva – ustoz san’atkor. Xalq ko‘nglidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi. Men vaziyatdan to‘liq xabardor emasman. Shunday bo‘lsa-da, Shahzoda Muhammedovaning shunday inson bilan bahslashishi, uni haqorat qilishi juda noto‘g‘ri ish. Bunday insonlar bilan tengma-teng gaplashishga biz ham hatto istihola qilamiz. Ular bilan masofa saqlab gaplashamiz.

Balki Dilorom Omonullaevaga Shahzodaning o‘zini tutishi, muomalasi yoki estrada yo‘nalishida tajribasi yo‘qligi ma’qul kelmagan bo‘lsa kerak. U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga kirib qolishi kerakmi? Agar shunchalik estrada xonandasi bo‘lmoqchi ekan, biror musiqa maktabini bitirsin, ana undan keyin estrada xonandaligiga da’vogarlik qilsa, yarashadi.

Hozirda ba’zi aktrisalar 3-4 ta qo‘shiq aytib, kimgadir ovozi ma’qul kelsa, mana, xonanda ham bo‘la olaman, deb o‘ylashadi. Yo‘q, estrada xonandasi bo‘lish juda qiyin. Bugungi kunda estrada xonandalari ancha kam. Kumush Razzoqova, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, mana shularni haqiqiy estrada xonandasi deyish mumkin. Qolganlarning ko‘pi “yallachi”. Nima bo‘lganda ham, o‘zaro suhbatni Shahzoda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqatishga, ularni behurmat qilishga haqqi yo‘q edi. Avval u Dilorom Omonullaevaning yoshiga etsin, 3-4 ta shogird chiqarsin, ana unday keyin gapirsa yarashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 58
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 36
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 163
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar