“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:34
ЎЗO‘Z

Yagona ijtimoiy to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan san’atkorlar lisenziyasidan mahrum qilinadi

23 iyun, 10:31 6 704 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yagona ijtimoiy to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan san’atkorlar lisenziyasidan mahrum qilinadi Daromadidan soliq to‘lamaydigan san’atkorlar baribir pensiya yoshiga etgach, davlatdan pensiya oladi. Shu sababli, ular qonunchilikka ko‘ra oyiga 1 minimal ish haqi miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovni amalga oshirib borishlari lozim bo‘ladi.

Kun.uz bilan suhbatda «O‘zbekkonsert» konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov ushbu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi:

— Xonandalar toifasiga qarab lisenziya uchun to‘lov qilib, uni qo‘lga kiritib, konsert va to‘y-tomoshalarda ko‘rsatgan faoliyatidan daromad solig‘i to‘lashmaydi. Bu Soliq kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Biroq, lisenziya olgan kishi xususiy tadbirkor hisoblanadi va oyiga 1 marta yagona ijtimoiy sug‘urta to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib turishi kerak. Bu 1 minimal ish haqi — 150 ming so‘mga yaqin summani tashkil etadi.

Ayrim san’atkorlarimiz ushbu to‘lovni o‘z vaqtida to‘lashmayotgani aniqlandi. Ayrimlarining davlat oldidagi qarzi 3 million so‘mgacha etadi. Respublika bo‘yicha 3 mingdan ziyod san’atkorga lisenziya berilgani inobatga olinsa, umumiy qarz 600 million so‘mdan ham oshgani aniqlandi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi to‘lovni o‘z vaqtida oshirmagan xonandalarga 1 iyulgacha muddat belgilab berdi. Ushbu muddatgacha yagona ijtimoiy to‘lovdan qarzdorlik to‘liq hajmda to‘lab bermagan san’atkorlarning lisenziyasi vaqtincha to‘xtatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 75
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar