“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi

19 iyun, 09:03 5 625 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Leonardo Di Kaprio "Oskar"dan voz kechdi Leonardo Di Kaprio AQSh Adliya vazirligiga o‘ziga tegishli "Oskar"ni topshirdi. Bu haqida bir qator OAV xabar berishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Aktyor vakillarining ma’lum qilishicha, bu kinoyulduzning shaxsiy tashabbusi. Aslida esa aktyor haykalchaning musodara qilinishiga doir sud hukmini dog‘da qoldirishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Bu haykalcha unga "Uoll-stritlik bo‘ri" loyihasi ketidan kelgandi. "Oskar" qachonlardir Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan va juda qadrli kolleksion eksponat hisoblangan. Xo‘sh, Di Kaprio nima uchun mukofotdan voz kechdi? Gap shundaki, unga bu mukofotni taqdim etgan "Red Granite Pictures" kompaniyasi hozirda korrupsiya va pul o‘marishda ayblanib, tergov nazoratiga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Leo jinoyatchi kompaniya bilan faqat bu sovg‘a orqali bog‘lanmagan. "Red Granite Pictures" kompaniyasi "Uoll-stritlik bo‘ri"ni moliyalashtirgan: aktyor u erda nafaqat bosh roldagi aktyor, balki prodyuser ham bo‘lgan va tabiiyki, bu pullarning qayerdan kelishini yaxshi bilgan.

Kompaniyaning o‘zi esa moliyaviy resurslarni malayziyalik korrupsioner amaldorlardan olgan. Huquq-tartibot organlari bu kompaniya tomonidan moliyalashtirilgan filmlarning barcha daromadlarini musodara qilmoqchi.

Boshqalar qatorida Leo ham ziyon ko‘radi - u film prodyuseri sifatida qo‘lga kiritgan pullaridan mahrum bo‘ladi. Bu voqea atrofidagi xabarlar Leoning Hollivuddagi karerasini yo‘qqa chiqarishi, shuningdek uning atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida topayotgan obro‘siga putur etkazishi mumkin. Zero uning "kompanonlari" o‘z mamlakatidagi o‘rmon daraxtlarini noqonuniy kesish bilan shug‘ullangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 161
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar