“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

Olomon ichra qolgan Jeki Chan orzusini oshkor qildi (Foto va video)

08 iyun, 13:56 8 412 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olomon ichra qolgan Jeki Chan orzusini oshkor qildi (Foto va video) Avval xabar berganimizdek, kecha, 7 iyun kuni Gollivud yulduzi Jeki Chan Ostona shahriga uchib keldi.

Ostonada mashhur aktyor ishtirokida brifing o‘tkazildi. Aktyor qizil gilam to‘shalgan yo‘lakka kirib kelishi bilan uni muxlislar olomoni qurshab oldi. Aktyorning qo‘riqchilari odamlar uni bosib yubormasligi uchun atrofida aylana shaklida turib olishdi. Bir necha dastxat bergan Jeki Channi muxlislar xitoy kinosi festivali o‘tkaziladigan “Kazmedia” binosiga kuzatib qo‘yishdi.

Eshiklar yopilgach, bino oldida juda katta olomon to‘plandi. Ularning hammasi bir marotaba bo‘lsa-da, Jeki Channi o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni xohlar edi.

Aktyor jurnalistlar bilan uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgani sirlari, doimo o‘z ishi bilan shug‘ullanishi, boshqa narsalarga, ayniqsa, sariq matbuotga umuman e’tibor qaratmasligi haqida gapirdi. Mashhurlikka esa bosqichma-bosqich muxlislar armiyasi hamrohligida erishganini ta’kidladi. Shuningdek, aktyor o‘zining doimiy orzusini oshkor qildi.

“Rostini aytsam, doim menda Qozog‘istonga kelib, kinomatografiya bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan. Biroq judayam bandligim tufayli bu orzumni haligacha amalga oshira olmadim. Lekin kelajakda Qozog‘istonda ushbu sohada ishlashni rejalashtiryapman. Ayni vaqtda o‘zimning filmlarim bilan shunday chiroyli manzarani buzishdan qo‘rqyapman. Judayam ko‘p tryuklar bor...”, deb kuladi Jeki Chan.

Xitoy kinosi kunlari doirasida aktyor “Kung-fu Yoga” filmini taqdim etadi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 46
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 588
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 498
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar