“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

«O‘zbeknavo» Tamila, Anvar Sobirov va Yagonaning lisenziyasini to‘xtatdi

03 iyul, 17:42 11 059 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbeknavo» Tamila, Anvar Sobirov va Yagonaning lisenziyasini to‘xtatdi «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning lisenziyasini to‘xtatdi va 11 nafar xonandaga ogohlantirish berdi. Bu haqda birlashmaning matbuot xizmati'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xonandalar Sobirov Anvar Karimovich, Rahmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Komila Rahmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda lisenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli, xonandalar nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 1 iyuldan to‘xtatilganligini va ilovadagi xonandalarga ogohlantirish berilganligini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mo‘minov Sobirjon Odiljonovich, Farmanov Ilhomjon Shomamatovich, Ismiyaminova Dilnoza Mirzatillaevna, "Nihol" mukofoti sovrindorlari Mirzajonov Yodgorbek Usmonalievich, Otaboyeva Shahnoza Hasanovna, Ubaydullaev Doston Rustamovich, Ortiqov Sherzodbek Sherbo‘taevich, hamda xonandalar Usmonov Masrurjon Marubdjanovich, Umirov Jasurbek Uvaydilloyevich, Hamidova Hilola Jo‘raevna, Shamsiev Umar Ahmedjonovichga ogohlantirish berilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san’atkorning burchidir", deb qo‘shimcha qilinadi «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi matbuot xizmatida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 153
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 639
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 539
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar