“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:54
ЎЗO‘Z

Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi

08 мая, 10:55 9 442 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi Xonandaning 24-25 may kunlari o‘tkaziladigan konsertiga chiptalar 128 ming so‘mgacha narxda sotilishi xabar qilinmoqda.
Taniqli o‘zbek xonandasi Yulduz Usmonova Dushanbe, Xo‘jand va Tursunzoda shaharlarida may oyi oxirlarida konsert beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Konsert tashkilotchisi Mavluda Rahmatovaning so‘zlariga ko‘ra, xonanda O‘zbekistonda taqdim etgan 14 kunlik konsertidan so‘ng Tojikistonga taklif etilgan.
«U 14 kun davomida Toshkentda konsert berdi. Endi esa xonanda Tojikistonga taklif etildi», — deya izoh bergan Rahmatova nashrga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Dushanbe shahrida ikkita yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shuningdek, Xo‘jand va Tursunzoda shaharlarida ham chiqish qilishi kutilmoqda. Kohi Borbad ijarasi o‘ta qimmat bo‘lgani uchun xonandaning konserti Dushanbedagi Amfiteatrda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

«Toshkentda u tojikcha qo‘shiqni chakan kiygan holda ijro etdi. Va bu bizga juda manzur bo‘ldi», — deya tushuntirgan tashkilotchi.
Qayd etilishicha, Yulduz Usmonova Tojikistonda yangi konsert dasturini taqdim etadi. Dasturdan tojik tilida kuylanadigan bir nechta qo‘shiqlar o‘rin olgan. Tojik tilida kuylanadigan qo‘shiqlar she’ri tojik shoiri Orzu Isoyevga tegishli.

«Oxirgi yillarda O‘zbekistonlik xonandalardan hech kim Tojikistonda chiqish qilmagan, ikki mamlakat o‘rtasida aloqalar tiklangach, biz o‘zimizning yaqin do‘stimizni taklif qilishga qaror qildik va konsertni «Do‘stning qaytishi» deb nomladik», — deb aytgan Rahmatova. Yulduz Usmonovaning konsert dasturiga chiptalar 128 ming so‘mgacha narxda sotilayotgani qo‘shimcha qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar