“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:03
ЎЗO‘Z

O‘zbek kinorejissyorining filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

03 мая, 22:13 7 372 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek kinorejissyorining filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabasi, yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning qisqa metrajli “U” (“Ona”) nomli filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivaliga tavsiya qilindi.

Bu haqda bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida ma’lum qilindi.

Mazkur film Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar burchagida (Short Film Corner) ko‘plab professional ijodkorlarning asarlari qatorida namoyish qilinadigan bo‘ldi. Mazkur ma’lumot Xalqaro kinofestivalning www.cannescourtmetraj.com saytida ham e’lon qilingan. Bu esa mamlakatimiz kinematografiyasining yana bir ulkan yutug‘i hisoblanadi.

Kinematografiyani rivojlantirish Markazining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan biri aynan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda Markaz Muxlisa Azizovaning “U” filmini suratga olishga ko‘maklashdi. Mazkur film Markazning ilk loyihalaridan biri.

Mazkur film fevral oyida Toshkent shahrida suratga olinib, unda aktyorlar Ra’no Shodieva, Karim Mirhodievlar bilan bir qatorda rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujev ham suratga tushgan.

8 may kuni Rus akademik drama teatrida film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unga Dmitriy Dyujev ham tashrif buyuradi.

Kann xalqaro kinofestivali 17 dan 28 mayga qadar Fransiyada bo‘lib o‘tadi. 2017 yilda kinofestival o‘zining ettmishinchi yubileyini nishonlamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 599
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 512
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar