O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova muxlislari e’tiboriga yangi qo‘shig‘iga ishlangan duetini taqdim etish arafasida.
“Sevgilim” deb nomlangan mazkur tarona taniqli uyg‘ur qo‘shiqchisi Mo‘minjon Ablikim bilan birga ijro etilgan. Rejissyor Sanjar Matkarimov yangi duet qo‘shiqqa syujet yo‘nalishida klip suratga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, duet kuylash taklifini Mo‘minjon Ablikim bildirgan.