“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:07
ЎЗO‘Z

​Nilufar Usmonova: “Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim bilan tarixda qolsam kerak”

06 apr, 13:21 21 168 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Nilufar Usmonova: “Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim bilan tarixda qolsam kerak” Bugun xonanda Nilufar Usmonova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Xonanda bugun 30 yoshni qarshi oldi, deb yozadi «Darakchi.uz».

6 aprel sanasi kirib kelishi bilan xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasiga minatdorchilik so‘zlari bitilgan post yozib qoldirdi.

“Bu dunyoga kimlar kelar, kimlar ketar, ammo hamma-hammaga ham tarihda qolish nasib qilavermaydi, lekin Ollohga ming shukrlar bo‘lsinki, yaqingina o‘tmishda taqdir meni tug‘ilishim bilanoq tarixga muhrladi. Bu ham bo‘lsa onam tufayli! Tarixda san’atim zo‘r yoki iste’dodim bo‘lgani uchun emas, aynan Yulduz Usmonovaning yagonagina qizalog‘i bo‘lganim uchun qolsam kerak, deb o‘ylayman.

Aziz onajonim, meni dunyoga keltirganingiz uchun, menga oq sut berganingiz uchun, o‘z paytida qattiqqo‘lik qilib, mehringizni ham ayamaganingiz uchun Sizga adoqsiz rahmat! To tirik ekanman men sizning o‘sha jajjigina Nilifaringiz bo‘lib qolaman. Taqdirimda boringizga, yashashni o‘rgatganingizga tashakkur. Doim sizni sevib, mehringizdan quvvat olguvchi qizingiz Nilu...”

Xonandani birinchi bo‘lib tabriklagan uning turmush o‘rtog‘i bo‘ldi. “Sevimli insoning birinchi bo‘lib tabriklaganda ajoyib hislarni tuyasan...”

Nilufar Usmonova bundan roppa-rosa bir oy oldin to‘rtinchi bor ona bo‘lgan edi. U to‘rtinchi farzandi, qizi Sa’diyani dunyoga keltirdi, ertaga qizi 1 oylik bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 95
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 202
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar