“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:36
ЎЗO‘Z

Mr Akrom qo‘li singani, san’atdagi ko‘rolmaslik va ustoz ko‘rmagan shogirdlar haqida gapirdi

01 mar, 21:18 6 174 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mr Akrom qo‘li singani, san’atdagi ko‘rolmaslik va ustoz ko‘rmagan shogirdlar haqida gapirdi Ancha vaqtdan buyon TVda ko‘rinmay qolgan taniqli sozandalardan biri, O‘zbekistonda urma sozlar bo‘yicha etakchi cholg‘uchi Mr Akrom qo‘li lat egani uchun biroz san’atdan chetlashganini xabar qildi, deb yozadi Qalampir.uz. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali yozar ekan, qo‘lining lat egani atrofidagi odamlar, xususan, ayrim san’atkorlar va shogirdlarining o‘zi haqidagi fikrlarini bilib olishga ayni muddao bo‘lganini aytadi.

Mr Akrom bugungi san’atdagi qora piar, birovning mehnatini o‘g‘irlab, to‘yma to‘y yurish haqida quyidagilarni yozadi:

“Biz san’at sohasiga kirib kelganimizda ustozlarimiz faqat mehnat qilishga, katta martaba va yutuqlarga, xalq olqishiga faqat chin yurakdan qilingan mehnat orqali etilishiga o‘rgatishgan. Afsuski, bugun san’at sohasiga kirib kelayotgan ayrim sozandalar o‘zi ustoz ko‘rmayotgani etmagandek, qora piarni, birovning mehnati ortidan obro‘ topishni, shu orqali elga tanilishni istashadi. Qo‘lim sinib, biroz tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi. Bunda muxlislarim va yaqinlarim men uchun kuyunishdi, kimdir yaxshi tilak bildirdi. Do‘stlarim qo‘lim tuzalib ketishi uchun hissalarini qo‘shishdi. Men ulardan minnatdorman”.

Sozanda qo‘li singanidan so‘ng ko‘plab mish-mishlar, endi ijod qila olmas ekan qabilidagi gaplar tarqatilganiga urg‘u berdi:

“Qo‘lim singani ayrimlarga juda qo‘l keldi. Akrom endi ijodni yig‘ishtirsa ham kerak, degan gaplar ham qulog‘imga etib keldi. Chunki men urma sozlarni chalaman! Xavotirga o‘rin yo‘q. Dushmanlarim esa quvonmasalar ham bo‘ladi. Hammasi ortda qoldi. Shifokorlarning sa’y-harakati bilan qo‘lim tuzaldi, yana ijodni boshladim. Ammo o‘tgan o‘tgan davr odamlarning, ustozim deb yurganlarning asl yuzini ko‘rish imkonini berdi. Yaratgan bizga bunday sinovlarni shu uchun ham bersa kerak”.



Mr Akrom’ni O‘zbekistonda yoshlar auditoriyasi juda yaxshi taniydi. U bir necha yil chet mamlakatlarda ham sozandalik faoliyati bilan shug‘ulanib kelgan. U bugungi ijodi haqida gapirib, ayni vaqtda ko‘plab yangi loyihalar, yangi musiqiy albom ustida ish boshlaganini, tez orada ularni muxlislari hukmiga havola etishini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar